Samarqand davlat tibbiyot universitetida sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida yig‘ilish tashkil etildi.
Mazkur yig‘ilish universitet rektori, professor Jasur Rizayev boshchiligida o‘tkazilib, unda universitet rahbariyati, klinik kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Tadbir davomida Prezidentimizning sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan farmonlari ijrosi, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini yangi model asosida tashkil etish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va raqamlashtirish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Yig‘ilishda, shuningdek, Pediatriya fakulteti Ichki kasalliklar kafedrasi mudiri Babamuradova Zarrina Baxtiyorovna tomonidan sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, klinik ta’lim sifatini oshirish hamda zamonaviy diagnostika va davolash standartlarini o‘quv jarayoniga integratsiya qilish masalalari yuzasidan ma’ruza qilindi.
Ta’kidlanganidek, sog‘liqni saqlash tizimidagi yangilanishlar bevosita tibbiy ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Shu bois universitet professor-o‘qituvchilari va klinik kafedralar zimmasiga mas’uliyatli vazifalar yuklatildi.
Yig‘ilish yakunida islohotlar mazmun-mohiyatini professor-o‘qituvchilar, shifokorlar va talabalar o‘rtasida keng targ‘ib etish, klinik bazalarda zamonaviy yondashuvlarni joriy qilish hamda ilmiy-amaliy faoliyatni yanada faollashtirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.








SamDTU Matbuot xizmati