Joriy yilning 24-fevral kuni “Samarqand davlat tibbiyot universitetining yosh ilmiy tadqiqotchilari uchun fan” nomli ma’ruza kurslarining 2-bosqichi o‘tkazildi.
Tadbirda xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor F. Ulmasov, ilmiy bo‘lim boshlig‘i dotsent A. Kim, professor-o‘qituvchilar va yosh ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdi.
Seminarda professor A. N. Mahmudova, dotsent Sh. Shahanova hamda dotsent S. Yorovalar tomonidan "ilmiy maqolalar va tezislarni loyihalash va yozish. Ilmiy tadqiqotning tuzilishi. Odatiy xatolar. Jurnal tanlovi”, “Ilmiy tadqiqotlarda anti-plagiat va sun’iy intellekt”, “Texnologiyaning ingliz tiliga ta’siri: Ijtimoiy tarmoqlar, matn yozish va sun’iy intellekt tildan foydalanish.” mavzularida qiziqarli ma’ruzalar qilindi.
Seminar davomida yuqoridagi mavzular yuzasidan muhokamal;ar o‘tkazilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan qator savollarga javob oldilar.







SamDTU Matbuot xizmati