×
Menu
Close Menu

​Universitet xodimlarining Yaponiyada malaka oshirishlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi

  Joriy yilning 16-fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga  Yaponiya Xalqaro Tibbiy Ta’lim Jamg‘armasi (Japan International Medical Education Foundation) direktori Sakai Akira tashrif buyurdi.

  Tashrif doirasida universitet rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etilib, o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

  Jumladan, JIMEF tomonidan Samarqand davlat tibbiyot universiteti xodimlarini Yaponiyada 21-avgustdan 18-sentyabrga qadar davom etadigan malaka oshirish kurslarida hamda konferensiyada ishtiroklarini tashkil etish borasida muhokamalar olib borildi.

  Mazkur dastur Gastrointestinal endoskopiya bo‘yicha Tsukuba universiteti klinikasida malaka oshirish imkonini beradi.

 Ma’lumot uchun: JIMEF JAPAN — bu Japan International Medical Education Foundation (Yaponiya Xalqaro Tibbiy Ta’lim Jamg‘armasi) bo‘lib, xalqaro tibbiy hamkorlik va malaka oshirish dasturlarini tashkil etuvchi nodavlat tashkilot hisoblanadi. JIMEFning asosiy vazifasi — turli davlatlardan kelgan shifokorlar, rezidentlar va tibbiyot xodimlarini Yaponiyada zamonaviy tibbiyot texnologiyalari va klinik tajriba bilan tanishtirish.


SamDTU Matbuot xizmati