×
Menu
Close Menu

Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2025-2026-o‘quv yili Kattaqo‘rg‘onlik bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi 

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida joriy yilning 13-fevral kuni Kattaqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i  V.Y Xudoyqulov  hamda oliy ta’lim muassasining Kattaqo‘rg‘onlik bitiruvchi yoshlari o‘rtasida  bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularning ish o‘rinlarini  oldindan band qilib qo‘yishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

  Yig‘ilish tashkil etishda  asosan bitiruvchilar ish o‘rnini oldindan band qilib qo‘yishi, OTM ish beruvchi tashkilot va bitiruvchi yoshlar bilan uch hamda to‘rt tomonlama shartnomalar tuzildi. Yig‘ilish davomida Universitetimizning faol yoshlari o‘zlarining turli xil takliflari bilan faol ishtirok etishdi.Tadbir ishtirokchilari va bitiruvchi yoshlar o‘rtasida suhbat va savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

  Tadbirda Kattaqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Xudoyqulov Vohid so‘zga chiqib tumandagi tibbiy kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni aytib o‘tib, ishlashga xohishi bor talaba bilan uchrashuv so‘ngida shartnomalar tuzildi.

  Tadbirda bakalvrning turli yo‘nalishlar bo‘yicha ta'limni tamomlayotgan jami 10 nafar bitiruvchilar o‘zlarining  ish o‘rinlarini band qiluvchi shartnomalar tuzishdi.



SamDTU Matbuot xizmati