×
Menu
Close Menu

​“Giyohvandlik — umr zavoli” shiori ostida sahna ko‘rinishidagi bellashuvlar o‘tkazildi

 Bugungi kunda Respublikamizda giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularga qarshi kurashish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

  Jumladan, joriy yilning 20-fevral kuni Samarqand davlat  tibbiyot universitetining “Talabalar teatr studiyalari” imkoniyatlaridan foydalangan holda “Giyohvandlik — umr zavoli” shiori ostida sahna ko‘rinishidagi bellashuvlarining fakultetlararo bosqichi tashkil etildi.

  Bellashuvlarda universitetning barcha fakultetlaridan jamoalar ishtirok etib, mavzu yuzasidan sahna ko‘rinishlarini namoyish qildilar.

 Yakuniy natijalarga ko‘ra:

  1-o‘rin -  Pediatriya fakulteti;

  2-o‘rin - Pedagogika va psixologiya fakulteti va Xalqaro ta’lim fakulteti;

  3-o‘rin - Stomatologiya fakulteti jamoasiga nasib etdi.








SamDTU Matbuot xizmati