Ilmiy to'garak
SamDTU Pediatriya fakulteti Xirurgik kasalliklar kafedrasida tashkil qilingan “Yosh xirurglar” ilmiy to‘garagiga 2025–2026 o‘quv yilida 14 nafar talaba, 5 ta klinik ordinatorlar va ularning barchasi doimiy ravishda kafedrada o‘tkaziladigan to‘garakda faol qatnashib keldi. Har bir talaba kafedra o‘qituvchilariga biriktirilgan va «ustoz-shogird» an’analariga muvofiq ilmiy izlanishlarda faol qatnashib kelmoqda.
O‘quv yili davomida 16 marta ilmiy to‘garak yig‘ilishlari o‘tkazildi. Ilmiy to‘garakka a’zo talabalarga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, birlamchi hujjatlarni to‘plash, ularni qayd qilish va yuritish tartibi haqida ma’lumotlar berildi.
Ilmiy maqola va tezis tayyorlash, ularning turlari, tarkibiy qismlari, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash qoidalari, materiallarni yig‘ish va ular ustida ishlash uslublari, tadqiqotning natijalari va muhokamasi, ularni chop etish tartib-qoidalari haqida master-klasslar o‘tkazildi.

Shuningdek, to‘garak qatnashchilari bo‘limlarda operatsiyalar va bog‘lov zonalarda faol ishtirok etishdi.

16.02.2026 y. da SamDTU Pediatriya fakultetiga qarashli kafedralarning “Talabalar ilmiy jamiyati”ga a’zo talabalar laparoskopik operatsiyalar bo‘yicha master-klass ko‘rsatib o‘tgan qo‘shma seminarida kafedramiz TIJ a’zolari faol ishtirok etdilar.



Mahalliy va Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etish, talabalar nutq mahoratini shakllantirish, bajarilgan ishlar samarasi va ilmiy ishlar natijalari tahlil etildi. Bundan tashqari, har bir to‘garakda talabalar alohida mavzulardan chiqishlar qilib, amaliyot tarzida operatsiyalar va bog‘lov xonalarida faol ishtirok etadilar, shuningdek, talabalar amaliy ko‘nikmalar bilan mustaqil shug‘ullanishadi.
2025–2026 o‘quv yili davomida kafedramiz iqtidorli talabalari ustozlari bilan birga bir nechta mahalliy va xorijiy ilmiy jurnallarda tezis va maqolalar chop etishdi va sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi.
Mazkur yilning may oyida SamDTUda o‘tgan 80-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga TIJ a’zolari tomonidan jami 3 ta tezis yuborildi. Pediatriya fakulteti 1 nafar talaba – 3-o‘rinni, 2 nafar talaba – 2-o‘rinni egalladi. Jami – 3 ta.