"Davolash fakulteti 2-son xirurgik kasalliklar" kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Skalpel" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida sho’ba yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun shoshilinch xirurgiyani dolzarb muammolari, zamonaviy miniinvaziv davolash usullari bo'yicha tadqiqot ishlarini tayyorlashadi. Ilmiy to’garakka a’zo talabalarga – ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, birlamchi xujjatlarni to’plash, ularni qayd qilish va yuritish tartibi xaqida ma’lumotlar berildi. Ilmiy maqola va tezis tayorlash, ularning turlari, tarkibiy qismlari, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash qoidalari, materiallarni yig’ish va ularni ustida ishlash uslublari, tadqiqotning natijalari va muhokamasi, ularni chop etish tartib qoidalari to’g’risida master klass o’tkazildi. Shuningdek, to’garak qatnashchilari RShTYoIM SF 2-shoshilinch xirurgiya bo’limida operatsiyalar, bog’lov xonalaridagi amaliyotlarda ishtirok faol ishtirok etishdi, tungi navbatchiliklarga kelib navbatchilik o’tashdi.
Tibbiy bilimlar va faoliyatning shoshilinch xirurgiya muammolariga, bo'limga qiziqqan barcha talabalar, to'garak a'zolarining yutuqlarini rag'batlantirgan holda, hamkorlikka chaqiradilar.
To'garak faoliyati uchun mas'ul rahbar PhD., katta o'qituvchi Umedov Xushvaqt Alisherovich, bugungi kunda ilmiy tugarakda 50 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi.
U.Subxonov, davolash fakulteti 6-bosqich talabasi, 20 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, "Yosh olimlar" tanlovining 1-darajali diplom sohibi, rektor stipendiyasi sohibi.
N.Rasulova : davolash fakulteti 6-kurs talabasi, 22 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, 5 ta diplom, 20 ta sertifikat, 4 ta faxriy yorliq, "rektorlik stipendiyasi" stipendiyasi sohibasi.
N. Nurqosimova davolash fakulteti 6-kurs talabasi, 18 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, 4 ta diplom, 10 ta sertifikat, 2 ta faxriy yorliq sohibasi.
M.Abduxalilov davolash fakulteti 6-kurs talabasi, 12 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, 4 ta diplom, 8 ta sertifikat, 2 ta faxriy yorliq sohibi.
O’.Abdusalomova pediatriya fakulteti 6-kurs talabasi, 12 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, 4 ta diplom, 8 ta sertifikat, 2 ta faxriy yorliq, sohibasi.
Ulashish