Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

  "Fizika biofizika va tibbiy fizika" kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Yosh fiziklar" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida sho’ba yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun fizik bilimlarning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyot asbob uskunalarining fizikaviy, biofizikaviy muammolari bo'yicha tadqiqot ishlarini tahlil qilishadi. Shu bilan birgalikda kafedraning yetuk mutaxasis professor-o`qituvchilari tomonidan to`garak a`zolariga inson organizmida bo`ladigan fizik va biofizik jarayonlar to`grisida chuqur bilimlar berish bilan birgalikda zamonaviy tibbiyot texnologiyalarining yangi bosqichlari tog`risida ham chuqur ma`lumotlar berib kelishmoqda.

  Tibbiyotdagi biofizikaviy muammolarga, fanga qiziqqan barcha talabalar, to'garak a'zolarining yutuqlarini rag'batlantirgan holda, hamkorlikka chaqiradilar.

  To'garak faoliyati uchun mas'ul rahbar o'qituvchi Xamroyev Jobir Xolmurodovich, bugungi kunda u mustaqil izlanuvchi, shuningdek 50 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi.

  Kichik kurs sardori: R.Djurayeva, 2-son davolash fakultetining 2- bosqich talabasi, 5 ta ilmiy tezis va maqolalarning muallifi va 2022 yil 25-mart kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida o`tkazilgan “Avitsiyena izdoshlari” deb nomlangan II-xalqaro olimpiadasining faxrli II-o`rin g`olibasi.

  Katta kurs sardori: M. Shamsiyev, tibbiy-pedagogika fakulteti 5-bosqich talabasi, 10 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi.