Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

  Urologiya kafedrasining ilmiy-tadqiqot faoliyati zamonaviy urologiya fanining dolzarb masalalarini hal etishga, innovatsion tashxislash va davolash usullarini ishlab chiqish hamda ularni takomillashtirishga qaratilgan. Kafedrada yuqori malakali kadrlarni tayyorlash hamda yosh olimlarni ilmiy izlanishlarga jalb etish ustuvor vazifalar sifatida belgilagan. Talabalar, klinik ordinatorlar va magistratura rezidentlarida mustaqil fikrlash, ilmiy tafakkur hamda milliy g‘oyalarga sadoqat ruhini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu jarayon O‘zbekiston urologiyasining rivojlanishida, uni xalqaro urologik hamjamiyatda munosib tarzda tanitishda muhim o‘rin tutadi.

  2024-2026 yillar davomida kafedra o‘z ilmiy salohiyatini mustahkamlash yo‘lida sezilarli yutuqlarga erishdi. Jumladan, bir nafar xodim tibbiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi, yana ikki nafar xodim tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldi, ikki nafar o‘qituvchi esa dotsent ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi. Ushbu yutuqlar professor‑o‘qituvchilar tarkibining yuqori ilmiy salohiyatidan, kafedraning ilmiy maktabi barqaror rivojlanayotganidan hamda yosh tadqiqotchilarni qo‘llab‑quvvatlash bo‘yicha izchil faoliyat olib borilayotganidan dalolat beradi.

  Barcha kafedra xodimlari kafedra va universitetning ilmiy-tadqiqot faoliyatida faol ishtirok etmoqdalar. Hozirgi vaqtda kafedraning 4 nafar xodimi: Bobokulov N.A., Allazov I.S., Iskandarov Yu.N. va Khurazov G.M. tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilik asosida tadqiqotlarni olib bormoqdalar.

  So'nggi 5 yil ichida kafedra xodimlari tomonidan 200 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan, shu jumladan 4 ta darslik, 5 ta o'quv qo'llanma, 5 ta monografiya, 1 ta vrachlar uchun qo’llanma, yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 100 dan ortiq maqolalar. 2025-2026 o’quv yilida kafedra xodimlari tomonidan Scopus bazasida e’tirof etilgan jurnallarda 8 ta ilmiy maqola chop etilgan, shu jumladan Q1 jurnallarda 4 ta maqola chiqarilgan.

  Kafedra xodimi dotsent Gafarov R.R. tomonidan 2024 yilda “GEOTAR-Media” nashriyoti tomonidan xalqaro mualliflikdagi “Urologik psixosomatika” deb nomlangan vrachlar uchun qo’llanma chop etilgan.

  Kafedra hodimlari tomonidan chop etilgan darslik va o'quv qo'llanmalar.

Mualliflar

Chop etilgan qollanmaning nomi

1

Allazov S.A.

Urologiya (darslik)

2

Allazov S.A.

Urology (ingliz tilida darslik)

3

Allazov S.A., Abduraxmanov D.Sh., Rizayev E.A.

Urologiya (darslik)

4

Абдурахманов Д.Ш., Аллазов С.А., Хамроев Г.А.

Урология (rus tilida darslik)

5

Андрианова А.Е., Васильева А.В., Гафаров Р.Р. и др.

Урологическая психосоматика (руководство для врачей)

6

Allazov S.A., Allazov X.S.

Urologiya amaliyoti (atlas)

7

Shodmonova Z.R., Gafarov R.R.

Erkaklar reprodiktiv tizimi (o’quv qo’llanma)

8

Шодмонова З.Р., Гафаров Р.Р.

Заболевания предстательной железы (учебное пособие)

  Urologiya kafedrasi mudiri Davronov O.O. va dotsent Gafarov R.R. 2025 yilning     1-30 sentyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Guanchjou shahrida xalqaro malaka oshirish dasturida qatnashib keldilar. Xalqaro malaka oshirish dasturi “Bir kamar - bir yo‘l” tashabbusi ostida tashkil etilgan bo‘lib, urologiyada kaminvaziv texnologiyalarni qo‘llash yo‘nalishi bo‘yicha olib borildi. Malaka oshirish dasturi doirasida 2025 yilning 11-12 sentyabr kunlari Guanchjou shahrining Xuadu tumanida bo‘lib o‘tgan “Sakral neyromodulyatsiya bo‘yicha xalqaro vorkshop”ning prezidiumida kafedra mudiri Davronov O.O. va dotsent Gafarov R.R. taklif etilgan xalqaro mehmonlar sifatida qatnashdilar.

  “Sakral neyromodulyatsiya bo‘yicha xalqaro vorkshop” ishtirokchilari.