Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari
Xirurgik kasalliklar kafedrasi Uzbekiston respublikasi Temir yo’llar AJ Samarqand bekati shifoxonasi xirurgiya bo’limiga joylashgan xirurgiya yo’nalishi bo’yicha o’rinlar soni 75ta. Keltirilgan o’rinlar sonidan ko’rinib turibdiki kafedraning klinik bazasi 4- va 6-kurs talabalarini o’qitish va xirurgiya yo’nalishi bo’yicha magistrlar xamda xirurgiya yo’nalishi bo’yicha klinik ordinatorlar tayyorlash uchun hozirgi zamon talabiga javob beradi. Bundan tashqari shifoxonaning maslaxat poliklinikasi, EKG, rentgen xonalaridan iborat. Kafedrada 11 ta o’quv xonasi, 1 ta laborant xonasi va 1 ta ma’ruza zali mavjud. Kafedraning umumiy egallagan o’rni 350 kv.m.ni tashkil qiladi. Hozirgi kunda kafedrada pediatriya fakultetining 4-kurs talabalariga xirurgik kasalliklar fani, 6-kurs pediatriya fakulteti xirurgik kasalliklar, 5-kurs davolash fakulteti talabalariga endoskopik xirurgiya asoslari fani? 3-4-kurs tibbiy profilaktika talabalariga, va Xalq tabobati 3- kurs talabalariga xirurgiya bakalavriyat dasturi asosida dars olib boriladi. O’quv jarayonida yangi o’quv interaktiv texnologiyalari muntazam qo’llanilib kelinadi. 2025-2026-o’quv yilida kafedrada xirurgiya yo’nalishi bo’yicha 1 nafar 3- bosqich magistratura rezidenti xamda 12 nafar klinik ordinatorlar taxsil oldi. Talabalarga ma’ruzalar va amaliy mashg’ulotlar, bemorlarning kuratsiyasi, bemorlar kasalligi tarixi bayonini taxlil etish, rentgenogrammalarni va rengenoskopik tekshiruvlarni o’rganish, xar bir mavzu bo’yicha ma’ruzalarni multimedia ko’rinishida namoyish etish, operasiyadan keyingi bemorlarning parvarishi va bemorlarning bog’lamlarini almashtirish, xamda operasiyalarga qatnashish, endoskopiya va rentgenografik muolajalariga qatnashish, ultratovush tekshiruvlarini kuzatish, umumiy qon va qonning bioximik taxlillarni o’rganish bilan bir qatorda, talabalarni navbatchiliklarga qatnashishi qattiq nazorat qilinadi. Talabalar ertalabki yig’ilishda navbatchilik to’g’risida xisobot berishadi. Xirurgiyaning ayrim mavzulari bo’yicha o’quv kinofilmlari namoyish etiladi. Talabalarni keng miqiyosda operatsiyalarga qatnashish sharoiti yaratilgan. O’quv jarayonda talabalar og’ir bemorlar uchun tashkil qilingan konsiliumlarida, patologanatomik muxokamalarda va klinik konferensiyalarda qatnashdilar. Amaliy mashg’ulotlar va ma’ruzalar Sammu.uz moodle elektron o’qitish tizimidan foydalangan xolda olib borildi.