Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  Kafedra sog‘liqni saqlash tizimi hamda tibbiy ta’lim sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislar va rahbar kadrlarni tayyorlash bo‘yicha ko‘p tarmoqli ta’lim hamda ilmiy-amaliy faoliyatni olib boradi. Kafedraning asosiy maqsadi zamonaviy tibbiyot fanining ilg‘or yutuqlari, raqamli texnologiyalar va dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillariga tayangan holda talabalar hamda magistrantlarda har tomonlama chuqur bilimlarni shakllantirishdan iboratdir. Ta’lim jarayoni bakalavriat, magistratura hamda xalqaro qo‘shma dasturlar doirasida milliy va xalqaro akademik standartlarga qat’iy muvofiq ravishda tashkil etilgan.

  Kafedrada bakalavriat yo‘nalishining turlicha mutaxassisliklari bo‘yicha bo‘lajak tibbiyot xodimlariga ta’lim beriladi:

  • Pediatriya hamda Davolash ishi fakultetlarining 4 va 6-kurs, Tibbiy profilaktika fakultetining 5-kurs talabalari talabalari «Jamoat salomatligi» hamda «Marketing va menejment» fanlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni egallaydilar.
  • Stomatologiya fakultetining 2-kurs talabalariga sohaning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda «Jamoat salomatligi»  fani o‘qitiladi.
  • Oliy hamshiralik ishi fakultetining 2 va 3-kurs talabalari «Valeologiya», «Klinik epidemiologiya», «Hamshiralik ishida boshqaruv» hamda «Jamoada hamshiralik ishi» kabi muhim amaliy va nazariy fan dasturlarini o‘zlashtiradilar.
  • Tibbiy biologiya fakultetining 4-kurs talabalari «Tadqiqot ishlarini tashkillashtirish va rejalashtirish» fani doirasida ilmiy-tadqiqot metodologiyasi asoslarini o‘rganadilar.
  • Menejment fakultetining 1–4-kurs talabalariga yuqorida qayd etilgan tayanch fanlar bilan bir qatorda sog‘liqni saqlashni boshqarishga oid bir qancha maxsus va sohaga ixtisoslashtirilgan fan dasturlari bo‘yicha har taraflama ta’lim berib kelinmoqda.

  Universitetimizda xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish hamda ta’lim sifatini jahon standartlariga moslashtirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro ta’lim dasturlari doirasida kafedramiz faol faoliyat olib bormoqda. Xususan, Turkiya hamda Privoljye tadqiqot tibbiyot universiteti bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlarining 1, 2, 3 va 6-kurs talabalariga kafedramiz professori-o‘qituvchilari tomonidan quyidagi mas’uliyatli mutaxassislik fanlaridan saboq beriladi:

  • «Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish»;
  • «Dalillarga asoslangan tibbiyot»;
  • «Menejment va liderlik».

  Kafedra qoshida magistratura yo‘nalishi bo‘yicha sog‘liqni saqlash tizimi uchun chuqurlashtirilgan ilmiy-amaliy bilimlarga, analitik fikrlash va boshqaruv ko‘nikmalariga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan.

  O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:

– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:

  Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar,prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv asturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barchab o’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.

  Kafedra kutubxonasi:

  • Кutubxonada ingliz, o’zbek va rus tillaridagi 30 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
  • Elektron kutubxona darslik, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.

  Talabalarning sog‘liqni saqlashni boshqarish va tashkillashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida bemorlarni statistik qayta ishlash, tashkillashtirish va boshqarishga oid maxsus ko‘rgazmali qurollar, stendlar hamda amaliy taqdimotlar kompleksi yaratilgan.