Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  Kafedrada 1-2-3 kurs xalqtabobati, 1-3 kurs oliy hamshiralik ishi, 3, 5, kurs stomatologiya, 4,6 - kurs tibbiy profilaktika, 4,6 - kurs davolash ishi fakulteti, 4,6 kurs kasbiy ta’lim fakulteti hamda 2 kurstibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiyatalabalari hamda Polcha, Chuvash davlatlari tibbiyot universiteti hamkorlikdagi xorijiy qo’shma 1-2-3 kurs talabalariga «Jamoada hamshiralik ishi”fani , “Jamoat salomatligi va sog’likni saqlashni tashkil etish” fani, “Valeologiya” fani, “Dalillarga asoslangan tibbiyot halq tabobati yondashuvi entegrallashgan usullar” fani, “Sog’lom turmush tarzi” fani hamda “Marketing va menejment fanlaridasturi asosida taxsil olishadi.

  Kafedrada magistratura yo’nalishi bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo’lga qo’yilgan.

  O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quvdasturi;
– O’quvishchidastur;
– Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zRSSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid video filmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyutergaulangan televizorlar yordamidan amoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.

  Kafedra kutubxonasi:


  • Кutubxonada ingliz, o’zbek va rus tillaridagi 30 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
  • Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’zichiga oladi.

  Talabalar uchun mavzuga oid bemorlarni statistik ishlanmalar va tashkillashtish va boshqarishga oid ko’rgazma qurollar hamda taqdimotlar tashkil etilgan.