Pedagogika-psixologiya kafedrasida Pediatriya, Davolash, Stomotalogiya fakultetlarining 2-kurs talabalariga “Pedagogika va psixologiya” fanidan, Tibbiy biologiya fakultetining 2-kurs talabalariga “Kasbiy pedagogika, Kasbiy psixologiya” fanidan, 2-kurs talabalariga Deontologiya. Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan, Tibbiy pedagogika fakultetining 6-kurs talabalariga “Kasbiy ta’lim metodikasi” Qo‘shma ta’lim fakulteti Klink psixologiya yo‘nalishi 3-kurs talabalariga Oila psixologiyasi, Davolash yo‘nalishi 1-kurs talabalariga Adaptatsiya fani, Magistratura fakulteti talabalari uchun Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fani o‘qitiladi.
O‘qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo‘yicha olib boriladi:
–Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat ta’lim standarti;
– O‘quv dasturi;
– O‘quv ishchi dastur;
– Modul dasturi;
– Sillabus;
– O‘zR SSV №80 buyrug‘iga asosan o‘zgartirishlar;
– Xalqaro tavsiyalar;
– Zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).
– O‘qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo‘lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi.
Kafedra kutubxonasi:
- Кutubxonada ingliz, o‘zbek va rustillaridagi 40 dan ortiq o‘quv adabiyotlar mavjud.
- Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Bugungi kunda mamlakat hayotining barcha sohalarida tub o‘zgarishlar ro‘y berayotgan bir paytda oliy ta’lim sohasidagi islohotlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Eng dolzarblari orasida ta’limni kredit - modulli tizimga o‘tkazish. O‘quv jarayonini tashkil etishning kredit - modulli tizimi-bu o‘quv jarayonini tashkil etish modeli bo‘lib, u modulli o‘qitish texnologiyalari va kredit ta'lim birliklarini birlashtirishga asoslangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-sonli "O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi Farmonida ham kredit - modulli tizimi o‘quv jarayonidagi roli haqida to‘xtab o‘tilgan. Vazirlar Mahkamasi "Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qaror qabul qildi. Qarorga muvofiq, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazildi.
Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti O.Qo‘chqorova hamda I.N.Ulyanov nomidagi Chuvash davlat universitetining Ijtimoiy va klinik psixologiya kafedrasi dotsenti Maksimova Natalya Leonidovna bilan hamkorlikda Psixologiya mutaxassisligi bo‘yicha Psixologik maslahat yo‘nalishi bo‘yicha 1-kurs magistratura talabalariga "Maslahatga psixodinamik yondashuv" mavzusida integratsiyalashgan ma’ruza o‘qildi.
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti Xafizova Mashxura Aminovna va assistenti Norbo‘taev Farxod hamda Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasi, Pedagogika, psixologiya va psixosomatik tibbiyot kafedrasi assistenti Blagorasumova Mariya Gennadievna bilan hamkorlikda Nutqda nuqsoni va ruhiy holati buzilgan shaxslarning psixologik-pedagogik xususiyatlari mavzusida integratsiyalashgan ma’ruza o‘qildi.
Ulashish