Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  

  Endokrinologiya kafedrasida 4-kurs Davolash ishi, Pediatriya, Tibbiy biologiya, 3-kurs Fundamental tibbiyot hamda Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishlari talabalari “Endokrinologiya” fani bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv dasturlari asosida ta’lim oladilar.

  Kafedrada magistratura va klinik ordinatura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha endokrinologiya sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash ishlari ham yo‘lga qo‘yilgan.

  O‘quv jarayonini tashkil etish

  O‘quv jarayoni har bir kurs va ta’lim yo‘nalishi uchun amaldagi me’yoriy-uslubiy hujjatlar asosida tashkil etiladi. Jumladan:

  • Malaka talablari;
  • Davlat ta’lim standarti;
  • O‘quv dasturlari;
  • O‘quv-uslubiy majmualar;
  • amaliy mashg‘ulotlar va ma’ruza mashg‘ulotlari uchun uslubiy materiallar;
  • mustaqil ta’lim topshiriqlari va metodik ko‘rsatmalar;
  • O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyruq va me’yoriy hujjatlari;
  • tasdiqlangan milliy klinik protokollar va davolash standartlari;
  • xalqaro klinik tavsiyalar va zamonaviy tibbiy yondashuvlar.

  O‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik va ta’lim texnologiyalaridan, jumladan grafik organayzerlar, keys-stadi texnologiyasi, muammoli ta’lim, kichik guruhlarda ishlash, loyiha usuli va interaktiv ta’lim metodlaridan foydalaniladi.

  O‘quv jarayonining texnik va axborot ta’minoti

  Kafedrada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga imkon beruvchi texnik baza shakllantirilgan. O‘quv mashg‘ulotlari jarayonida mavzuga oid:

  • videofilmlar;
  • multimedia materiallari;
  • elektron taqdimotlar;
  • interaktiv o‘quv dasturlari;
  • elektron darslik va o‘quv qo‘llanmalar;
  • klinik holatlar va diagnostik materiallardan foydalaniladi.

  Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda elektron doska, multimedia vositalari hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalaniladi.

  Kafedra kutubxonasi va elektron ta’lim resurslari

  Kafedra kutubxonasida endokrinologiya faniga oid o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi 30 dan ortiq o‘quv adabiyotlari mavjud.

  Elektron kutubxona tarkibiga:

  • darsliklar;
  • o‘quv qo‘llanmalar;
  • atlaslar;
  • o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar;
  • ma’ruza materiallari;
  • elektron taqdimotlar;
  • klinik protokollar va tavsiyalar;
  • talabalar mustaqil ta’limi uchun metodik materiallar kiritilgan.

  Klinik amaliyot bazasi

  Talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash maqsadida kafedraning o‘quv mashg‘ulotlari Endokrinologiya markazi klinik bazasida tashkil etiladi.

  Talabalar markaz hududida joylashgan 110 o‘rinli statsionar bo‘lim hamda 250 qatnovga mo‘ljallangan ambulator bo‘limda turli endokrin kasalliklarga chalingan bemorlarni ko‘rish, klinik holatlarni tahlil qilish va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega.

  Klinik mashg‘ulotlar davomida talabalar:

  • bemordan anamnez yig‘ish;
  • shikoyatlarni tahlil qilish;
  • obyektiv ko‘rik o‘tkazish;
  • endokrinologik statusni baholash;
  • laborator va instrumental tekshiruv natijalarini tahlil qilish;
  • klinik tashxisni shakllantirish;
  • differensial tashxis o‘tkazish;
  • davolash va profilaktika tamoyillarini belgilash;
  • shoshilinch endokrinologik holatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallaydilar.

  O‘quv-metodik ishlar

  Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv jarayonini takomillashtirish maqsadida muntazam ravishda:

  • ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar uchun o‘quv-uslubiy materiallar ishlab chiqish va yangilash;
  • o’quv dasturlarini zamonaviy klinik tavsiyalar asosida takomillashtirish;
  • talabalar mustaqil ta’limi uchun topshiriqlar va metodik ko‘rsatmalar tayyorlash;
  • test topshiriqlari, klinik vaziyatli masalalar va amaliy ko‘nikmalarni baholash materiallarini ishlab chiqish;
  • ochiq mashg‘ulotlar va o‘zaro dars kuzatuvlarini tashkil etish;
  • zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy etish;
  • o‘quv jarayonining samaradorligini tahlil qilish va takomillashtirish ishlari olib boriladi.

  Kafedraning o‘quv va o‘quv-metodik faoliyati bo‘lajak shifokor va tibbiyot mutaxassislarida endokrin kasalliklarni zamonaviy diagnostika qilish, davolash va profilaktika qilish bo‘yicha nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.