Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Xalqaro hamkorlik

  Kafedra xalqaro faoliyati turli davlatlar tibbiy OTM lari urologiya kafedralari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Jumladan Turkiya, Xitoy, Rossiya va Hindiston davlatlari OTM lari va klinikalari bilan muntazam uchrashuvlar va malaka oshirish tashriflari amalga oshirib kelinmoqda. Urologiya kafedrasi hodimlari - dosent v.b. R.R. Gafarov va ass. O.O. Davronov 2025 yilning 1-30 sentyabr' kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Guanchjou shahrida xalqaro malaka oshirish dasturida qatnashib keldilar.

  Xalqaro malaka oshirish dasturi “Bir kamar – bir yo‘l” tashabbusi ostida tashkillashtirilgan bo‘lib, Urologiyada kaminvaziv texnologiyalarni qo‘llash yo‘nalishi bo‘yicha olib borildi.

6a8c14ade60d4.jpg

  Malaka oshirish Guanchjou shaxridagi Sun Yat-Sen University, Sun Yat-Sen Memorial Hospital shifoxonasida o‘tildi. Zamonaviy urologiyada qo‘llanilayotgan barcha kaminvaziv texnologiyalar dastur davomida qamrab olindi: siydik tosh kasalligida - retrograd intrarenal jarrohlik, perkutan nefrolitotripsiya; prostata bezining xavfsiz giperplaziyasida – prostata bezining transuretral rezeksiyasi, gol'miy lazerli enukleasiyasi; onkourologiyada – buyrak, siydik nayi, qovuq va prostata bezi o‘smalarida laparoskopik va robotlashtirilgan aralashuvlar.

6a8c14c7ac6e4.jpg

  Malaka oshirish dasturi davomida, 11-12 sentyabr kunlari Guanchjou shahrining Xuadu tumanida bo‘lib utgan “Sakral neyromodulyasiya bo‘yicha xalqaro vorkshop” da SamDTU xodimlari taklif etilgan mehmonlar sifatida qatnashib, konferensiya seksiyalarining muxokama qismida o‘z fikrlarini aytib o‘tdilar.

6a8c14df8b37b.jpg

Malaka oshirish kursining ishtirokchilari Sun Yat-Sen University klinikasining bosh shifokori, Urologiya bo‘limi mudiri, barcha urolog-shifokorlari bilan muloqotda bo‘lib, urologiya sohasida ikki tomonlama aloqalarni o‘rnatish, yangi kaminvaziv texnologiyalarni o‘rganish bo‘yicha malaka oshirish va stajirovka kurslarini tashkil etish, konferensiya va simpoziumlar hamda master-klasslarni o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti Urologiya kafedrasi hamda Hindistonning “Narayana Health” tibbiyot markazi o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

Uchrashuvda kafedra mudiri, dotsent D.Sh. Abduraxmanov va dotsent R.R.   Gafarovlar hind mutaxassisi Dr. Forqan Babu Shaikh bilan uchrashib, ikki tomonlama ilmiy va amaliyot yo‘nalishlaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

  Suhbat davomida tomonlar kelgusida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar:

• umumiy va laparoskopik jarrohlik amaliyotlari,
• urologiya va ginekologiya sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlari,
• buyrak transplantatsiyasi bo‘yicha tajriba almashish,
• professor-o‘qituvchilar va klinik ordinatorlar uchun qo‘shma mahorat darslari va seminarlar tashkil etish.