Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

4-son ichki kаsаlliklаr kаfedrаsi

Xoljigitova Muxayyo Berdikulovna
Kafedra mudiri: Tibbiyot fanlari nomzodi (PhD)

Qabul vaqti: Dushanba–Shanba soat 8.30-15:00
Tel: +998937030079
E-mail: Missis.muhaye @mail.ru
Manzil: Samarqand shahar , 1-shahar tibbiyot birlashmasi binosida

KAFEDRA A'ZOLARI


F.I.SH Lavozimi
Dusanov Abdugofur Dusanovich Dotsent
Mamurova Nigora Normuratovna Аssistent
Safarova Munavvar Pardaevna Аssistent
OqboevToshpulot Alixo’jaevich Аssistent
Yuldasheva Dlfuza Axmatovna Аssistent
Maxmatmurodova Nargiza Negmatullaevna Аssistent
Zakiryaeva Parvina Odilovna Аssistent
Nosirova Dildora Erkinovna Assistent

KAFEDRA TARIXI


  Samarqand Davlat tibbiyot universiteti tashkil topganining 85 yilligi davomida gospital terapiya kafedrasi pedagoglari jamoasi Samarqand viloyati aholisiga, ayrim sohalarga tayyorgarlik ko'rish, ularni tarbiyalash, ularga tibbiy yordam ko'rsatish, bir qator ilmiy muammolarni ishlab chiqish bo`yicha institutda ko`pgina ishlarni amalga oshirmoqda.
  Gospital terapiya kafedrasi 1933-yilda professor Nikolay Ivanovich Kornetov tashabbusi bilan Respublika klinik shifoxonasi asosida tashkil qilindi va prof. N. I. Kornetov raxbarlik qildi. Kafedra tashkil qilinganda bo`lim 80 o`ringa mo`ljallangan bo`lib, ulardan 20 tasi tropik bo`limga qarashli edi (L.М.Isayev). Prof. N. I. Kornetov raxbarligida kafedra xodimlari O`rta Osiyo iqlim sharoitida xos kasalliklarni davolash usullarini ishlab chiqdilar.
  Kafedra xodimlari assistentlar М. А. Polyuxov, Т.S. Мnaskanov, V. Lebedeva, Е. А. Chivkunova, V. P. Kuznesova, О. I. Novikova, А. N. Garanyan, V.I. Garkusha, aspirantlar N. А.Mirzoyan, Z.B. Abloqulovalar bo`lgan.
  Gospital terapiya kafedrasida prof. N. I. Kornetov raxbarlig qilgan davrda kafedra a`zolari tomonidan qator nomzodlik va doktorlik dissertasiyalari himoya qilindi. Shu yillar davomida kafedraning klinik bazasi, uni moddiy ta`minoti boyidi, va shu bilan birgalikda ko`pgina yetuk kadrlar xam voyaga yetishdi (U. K. Vaxabova, B. X. Xamzaliyev, B. R. Rustamov, V. I. Garkusha O. A. Lagutina, N. M. Muharlamov va Aralov N.R.). Kafedra bazasida ko'plab assistentlar, dotsentlar, doktorlik dissertatsiyalarini ( Kornetov N. N., Jalolov A. D., Rustamov B. R., Jalalova V. A., Sattarov R. R. va Aralov N. R.) himoya qilishdilar. Kafedraning asosiy yo`nalishlaridan biri bo`lib mintaqaviy patalogiyalar asosiy o`rin tutib kelgan. Kafedra tashkil etilgan kundan boshlab (1933-yil) va hozirgi kunga qadar kafedraning ko'p qirrali faoliyati to`g`risida uzoq gapirish mumkin. Professor N.Kornetov, Prof. A. S. Mnushkin, prof.V.yu. Yoffe, faoliyat ko`rsatib, medisinada katta xissa qo`shishgan. O'sha yillarda Samarqand Davlat tibbiyot universitetini tashkil etishga, xususan, gospital terapiya kafedrasini shakllantirishga bir qator rus olimlari ( M. P. Konchalovskiy , M. ya.Yarotskiy) larning dunyoqarashi, konsultatsiyasi va ish uslubi SamDTI tashkil etilishida katta yordam ko`rsatishdi.
  Tibbiyot fanlari doktori Aralov Nematilla Ravshanovich 2009 yildan buyon gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasiga rahbarlik qilib kelgan. Tibbiyot fanlari doktori Aralov N. R. 1994 yil "Infektsionga qaram bronxial astmada klinik-immunologik buzilishlar va ularning taktivin bilan korreksiysi" mavzusida nomzodlik dessertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Uzluksiz ilmiy izlanishlar natijasida 2005 yilda "Tamaki yetishtiruvchilarda o`pkaning surunkali obstruktiv kasalligining shakllanishida immunogenetik mexanizmlar va ularning davolash usullarini mukammalashtirish" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ilmiy ishlari Respublikamiz va xorijiy davlatlardagi ilmiy anjuman to`plamlarida yetakchi ilmiy jurnallarda chop etilgan. Shuningdek Europen Respirator Society( ERS), Yevro-Osiyo respirator jamiyati tomonidan munosib yuqori darajada baholanib, bir nechta davlat grantlariga sazovar bo`lgan. O'zbekiston Respublikasi miqyosidagi kongresslarda, ilmiy-amaliy anjumanlarida, terapevt va immunologlar jamiyati kengashlarida uchrashuvlar tashkil etgan. Tibbiyot fanlari doktori, oliy toifali shifokor Aralov N. R. Sh.Alimov nomidagi ftiziatriya va pulmonologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshidagi D. 087. 50.01 ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash a'zosi va Samarqand viloyati bosh pulmonologi, SamMI ilmiy kengashi, terapevtik tarmoq mammo komissiyasi a'zosi, viloyat hokimligi terapevtlar jamiyati raisi bo`lib faoliyat yuritgan.
  Kafedraga 14.08.2020 yilda mudir vazifasini bajaruvchi bulib t.f.n. Xoljigitova M. B. tayinlandi. Aralov N. R. raxbarligida mustaqil tadqiqotchi-Xoljigitova M. B " Surunkali obstruktiv bronxitda immunomodulyatsiyalovchi terapiyaning klinik-immunologik asoslanishi va samaradorligi " mavzusida PhD dissertatsiyasi ishini 15.10.20 yilda himoya qildi. 2020 yil 30.11.M. B. Xoljigitova kafedra mudiri lavozimiga saylandi. 2021 yil iyun oyidan dotsent unvoni berildi. M. B. Xoljigitova 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifdir. 3ta o`quv qo`llanma va 2ta o`quv tavsiyanoma chop etgan. 2ta EXM dastur guvoxnomasi ishlab chiqqan. Hozirgi vaqtda Xoljigitova M. B. raxbarligida " Yosh terapevtlar" ilmiy to'garagi tashkil etilgan bo`lib, 3 ta: kardiologiya, pulmonologiya, gastroenterologiya yo`nalishida ilg'or va tashkiliy ishlar amalga oshirilishi yo`lga qo`yilgan. Shuningdek kafedrada magistrlar va klinik ordinatorlar tahsil olmoqda.


MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar institut Davolash fakulteti dekani Lutfullayev G.U tomonidan tasdiqlangan - ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo`l xaritasi asosida olib boriladi. Kafedrada 2017-2021 yillardagi Uzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yunalishi bo’yicha Xarakatlar strategiyasini, Davlat Dasturiga bagishlangan plakatlar va Yoshlar faoliyatini takomillashtirish buyicha 5-tashabbus stendlari kurgazmali tashkil qilingan.

  Kafedraga biriktirilgan barcha gurux kuratorlarining ish rejalari va uchrashuv bayonnomalari mavjud. Xar payshanba kuni kafedraning mas’ul assistenti Safarova M.P. boshchiligida kafedra xodimlari va studentlar ishtirokida yo`riknoma asosida ma’naviyat soatlari uzluksiz olib boriladi, bayonnomalarga kayd etiladi. Barcha gurux raxbarlari uziga biriktirilgan studentlar bilan muntazam uchrashuvlar o`tkazadi.

  Studentlarga odob-axlok meyorlari xakida tushuntirish ishlari olib boriladi, ommaviy madaniyat, kiyinish odobi, nos, sigareta chekish va spirtli ichimliklar qabul qilishni zarari xakida tushuntirish utkazilib boriladi. Institut ma’naviyat va ma’rifat bo`limi tomonidan takdim qilingan «Uzbekiston Respublikasi Prezidentining Murojaatnomasi», «Zararli illatlarga karshi kurashish», Covid-19 buyicha batafsil ma’lumotlar berildi, takdimotlar o`tkazildi va tushuntirish ishlari olib borildi. Ijarada yashovchi studentlar yashash manziliga borib ijarachilar bilan uchrashdi.
  Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning qarorlari va 2017-2021 yillardagi Uzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yunalishi bo`yicha Xarakatlar strategiyasi va Prezident Sh.Mirziyeev tomonidan ishlab chiqilgan yoshlarni qullab quvvatlash maqsadidagi «Beshta tashabbus» muntazam o`urganib, kafedra xodimlari va studentlar urtasida batafsil muxokama qilindi.

Soglom turmush va jismoniy madaniyatni shakllantirish buyicha olib borilgan ishlar:


  Studentlarga soglom turmush tarzi xakida suxbatlar tashkillashtirildi. Kafedrada taxsil olgan studentlarga murojaati buyicha tibbiy yo`rdam ko`rsatiladi.
  Jumladan Butunjaxon SPIDGA qarshi kurash kunida studentlar bilan uning yuqish yo`llari va kasallik alomatlari, keltirib chikaradigan asoratlari xakida tulik ma’lumot berildi, «Zararli illatlarga karshi kurashish» mavzusida Samarkand shaxrida utkazilgan shoshilinch reyd takdimoti namoyish qilindi va soglom turmush tarzini shakllantirish buyicha tavsiyalar berildi.
  Kuratorlik guruxlari bilan tarixiy obidalar va ziyeratgoxlarga ekskursiyalar tashkillashtirildi. 2020 y. 7 mart kuni Murabbiylik guruxlari bilan 10-Mexribonlik uyiga tashrif buyurib, bayram tadbiri tashkil kilindi,
Kafedra mudiri Xoljigitova M. B.va asistent Okboyev T.A. «Covid-19» pandemiyasini davolash va karshi kurashish bo`yicha viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida faoliyat olib bordi.

 Dotsent A. D. Dusanov Jizzax viloyatining Sardobada yuz bergan suv toshqini natijasida jabrlangan axoliga malakali tibbiy yordam kursatish va davolash ishlarida (2-7 may kunlari) faol katnashdi.

Tashkilotlarda olib borilgan ishlar:


  Kafedra Mudiri dots. Xoljigitova M.B. 10.11.2020 yil «Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» PQ-4887-sonli Qarori qabul qilindi va axoli salomatligini yanada mustaxkamlash xamda tibbiyot tizimida davolash sifati va samaradorligini yaxshilash bo‘yicha, 30.10.2020 yil «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-6099-sonli Farmonini ijrosini ta’minlash borasida tumanlarda ma’ruzalar bilan seminar-treninglar tashkil qilishda faol qatnashdi.

Samarqand tumanida o’tkazlgan seminardan lavha

Pastdargom tumanida o’tkazlgan seminardan lavha

Ishtixon tumanida o’tkazlgan seminardan lavha

Covid-19 infeksiyasi tarqalishi va uning oldini olish chora tadbirlari borasida qili nayotgan ishlar doirasida kafedra professor o’qituvchilari faol qatnashmoqda. Q’shrabot tumaniga biriktirilgan xodimlar tuman kasalxona- poliklinikalariga borib, COVID-19 ning oldini olish va vaksina bo’yicha, emlanishning afzalliklari haqida muntazam seminarlar o’tkazib, savollarga javob bermoqdalar.


  Dotsent A.D.Dusanov 2020 yil mart oyida Samarkand televideniyesiorkali «Ovqatlanish madaniyati» bo`yicha , 2020 yil iyunda Uzbekiston televideniyesining «Uzbekiston-24» kanalida va Samarkand televideniyesining «Diyor» kanaliorqali «Covid-19» va karantin koidalariga rioya qilish mavzularida chiqish qildi.

  Dotsent A.D.Dusanov 2020 yil Ishtixon tumanidagi tibbiyot kollejida «Soglom turmush tarzi va ovqatlanish madaniyati» mavzusida «Master klass» tadbiri otkazdi. Studentlar ozlarini mavzu buyicha kiziktirgan savollariga tuliq javob oldilar.


O’QUV-USLUBIY ISHLARI


Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan ko'plab ilmiy ishlar nashr etilgan. Bunga quyidagilar kiradi: monografiya, uslubiy ko'rsatmalar, uslubiy tavsiyalar.
- "Bronxial astma" Monografiya Aralov N.R., Oqboev T.A. 2015 yil.
- "Fitoterapiya" Uslubiy qo'llanma. Aralov N.R. Safarova M.P.
- "Surunkali obstruktiv bronxit (diagnostika, zamonaviy yondashuv)" 2018. Aralov N.R. Xoljigitova M.B. Uslubiy ko'rsatma.
- “Surunkali obstruktiv bronxit diagnostikasi algoritmi” Aralov N.R. Xoljigitova M.B. Uslubiy tavsiya. 2020 yil.
- Surunkali bronxitni diagnostika qilish va davolashning zamonaviy usullari. 2019. Samarqan. Uslubiy tavsiya. Aralov N.R., Oqboev T.A., Xoljigitova M.B.
-Birinchi bor tashxis qo'yilgan surunkali obstruktiv bronxit bilan og'rigan bemorlarni davolash taktikasini tanlash dasturi. 2020. EHM kompyuter dasturi Aralov N.R. Xoljigitova M.B.
- "Atopik dermatit" Uslubiy qo'llanma. Oqboev T.A. Aralov N.R.
- "Bronxial astma" uslubiy qo'llanma. Oqboev T.A. Aralov N.R.
- "Allergik kasalliklar" Uslubiy qo'llanma. Oqboev T.A. Aralov N.R.
- Kasalxonadan tashqari pnevmoniya bilan og'rigan bemorlarni davolash taktikasini tanlash dasturi. 2020 yil. EHM kompyuter dasturi. Nosirova D.E., N.N. Ma'murova.


ILMIY TADQIQOT ISHLARI


  2020 yilda Xoljigitova M.B. PhD nomzodlik dissertatsiyasini «Surunkali obstruktiv bronxitda immunomodulyatsiyalovchi terapiyaning klinik immunologic asoslanishi va samaradorligi» mavzusida 14.00.05 – Ichki kasalliklar ixtisosligi bo’yicha ilmiy ishini himoya qildi.

  O’qituvchilar Maxmatmuradova N.N., Zakiryaeva P.O., Oqboev T.A., Nosirova D.E. nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan mahalliy va xalqaro nashrlarda 100dan otiq, impakt-faktorli (Scopus, Web of Science yoki boshqa umum eʼtirof etilgan indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalari jurnallarida 12 ta maqola chop etildi.

  Kafedra professor-o'qituvchilari muntazam ravishda xalqaro va mahalliy ilmiy-amaliy konferentsiyalarda ishtirok etishadi, 50 dan ortiq sertifikatlarga ega. O’qituvchilar Mamurova N.N. va Zakiryaeva P.O. tomonidan Dr.Mir ishtirokida "Jigar etishmovchiligi" mavzusida xalqaro onlayn anjuman tashkil etildi.

  Kafedra mudiri Xoljigitova M. B boshchiligida va kafedra xodimlari V.I. Razumovskiy nomli Saratov meditsina universiteti bilan xalqaro akademik mobillik doirasida vebinar va dars mashgulotlari tashkil etildi.

Talabalar Ilmiy Jamiyatning ishi


  Xozirgi vaqtda 4-son ichki kasalliklar kafedrasida TIJ Pulmonologiya, gastroenterologiya, kardiologiya yo’nalishida faoliyat ko’rsatadi: raxbar kafedra mudiri Xoljigitova M.B. , mas’ul assistenti Maxmatmurodova N.N. Talabalar Ilmiy Tadqikot Ishlari Uchun yo’nalish beriladi. Kafedra hodimlari rahbarligida talabalar bilan birgalikda ilmiy amaliy konferentsiyalarida ishtirok etiladi va respublika hamda xalqaro jurnallarida tezis va ilmiy maqolalar nashr qilinadi.