Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Universitetimiz xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi

Samarqand shahridagi Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universitetida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, o‘zining fidokorona mehnati va samarali faoliyati bilan namuna bo‘layotgan bir guruh yurtdoshlarimizga “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Quvonarlisi, taqdirlanganlar safida Samarqand davlat tibbiyot universitetining bir guruh fidoyi xodimlari ham bor.

Ularning ko‘p yillik samarali mehnati, ta’lim va tibbiyot rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi yuksak e’tirof etilgani jamoamiz uchun katta faxrdir.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoasi barcha taqdirlangan xodimlarni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etadi!

6a9183ef04b24.jpg


SamDTU Matbuot xizmati