Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari
Yosh avlodga g'amxo'rlik qilish, sog'lom, barkamol shaxsni tarbiyalashga intilish o'zbek xalqining milliy xarakterining xususiyatlaridan biridir. Shu sababli ma'naviy-ma'rifiy ishlar Umumiy gigiena va ekologiya kafedrasi faoliyatining eng muhim yo'nalishi hisoblanadi. Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar doimiy ravishda tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Ushbu ishni mas'ul o'qituvchi M.A. Sidikova muvofiqlashtiradi va tashkil etadi.
Kafedrada professor-o'qituvchilar talabalar o'rtasida, kafedrada tasdiqlangan ma'naviy-ma'rifiy ishlar rejasiga muvofiq bir qator tadbirlar olib boradi:
- Prezident Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari bilan tanishtirib boradilar, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashga, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash fazilatlarini oshirish va takomillashtirish maqsadida ma'naviy va ma'rifiy ishlarni olib boradi;
- talabalarda Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, yuksak ma'naviyat va huquqiy madaniyatni shakllantirishga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni muntazam tashkil etish;
- Muhim sana va bayramlar munosabati bilan davra suhbatlari, ma'naviyat soatlari, uchrashuvlar hamda ochiq muloqotlarni o'tkazish;
- talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish, ekologik madaniyatni oshirish hamda internetdan xavfsiz va samarali foydalanish mavzularida targ'ibot ishlari olib boorish;
- Kafedra professor-o'qituvchilari guruh murabbiylari bilan hamkorlikda talabalarning davomati, bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ijtimoiy faolligini oshirish bo'yicha tegishli ishlarni amalga oshirish;
- Iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash, ularning ilmiy va ijodiy faoliyatini rivojlantirish maqsadida turli tanlov va loyihalarda ishtirok etishlarini ta'minlash;
- talabalar o'rtasida siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish;
- dunyoda va mamlakatda bo'layotgan ijtimoiy, siyosiy va ijodiy voqealar to'g'risida talabalarga o'z vaqtida ma'lumot etkazib berish ;
- talabalar o'rtasida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish;
- o'quv muassasasining yo'nalishi va ixtisoslashuviga mos ravishda talabalarning bo'sh vaqtini tashkil etish, turli xil to’garaklarni tashkil etish;
- ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlash, talabalarning odob-axloqi, kiyinish madaniyati va ichki tartib-qoidalarga rioya etishi yuzasidan profilaktik suhbatlar tashkil qilish.


