Tobora ulg’ayib, o’zlarini maqsadlari sari shiddad bilan qadam tashlab borayotgan yosh avlodga g'amxo'rlik qilish, sog'lom, barkamol shaxsni tarbiyalashga intilish o'zbek xalqining milliy xarakterini asosiy xususiyatlaridan biridir. Bu xususiyatlarni amalga oshirish esa biz pedagoglar va professor o’qituvchilar zimmasidadir. Shu sababli ma'naviy-ma'rifiy ishlar Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi faoliyatining eng muhim yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. O’quv yili boshida maʼnaviy-maʼrifiy, axloqiy tarbiyaviy sohalarda ishlarni amalga oshirish rejasi muhokama qilinib, tasdiqlandi. Rejada belgilangan talablar moxiyatiga ko’ra, talabalarda komil inson fazilatlarini, tarbiyalash, yoshlarning dunyoqarashini bunyodkor g’oyalar bilan oziqlantirish, ularning bo’sh vaqtini sermazmun o’tkazish, maʼnaviy tadbirlarning maʼrifiy tadbirlar bilan uyg’unligini taʼminlash, intelektual mulkka egalik tuyg’usini shakllantirish, tashabbus va yangilikni qo’llab-quvvatlash, yurt tinchligi va o’zaro jipslikka erishishga doir bir qator masalalarni o’zida aks ettiradi.
Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar doimiy ravishda tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Ushbu ishni mas'ul o'qituvchi Mamarasulova. N. I muvofiqlashtiradi va tashkil etadi.
Kafedraning professor- o’qituvchilari talabalar o'rtasida ish olib boradi:
Prezident Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari bilan tanishtirib boradilar, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashga, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash fazilatlarini oshirish va takomillashtirish maqsadida ma'naviy va ma'rifiy ishlarni olib boradi:
dunyoda va mamlakatda bo'layotgan ijtimoiy, siyosiy va ijodiy voqealar to'g'risida talabalarga o'z vaqtida ma'lumot etkazib berish ;
talabalar o'rtasida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish ;
talabalar o'rtasida siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish;
o'quv muassasasining yo'nalishi va ixtisoslashuviga mos ravishda talabalarning bo'sh vaqtini tashkil etish, turli xil to’garaklarni tashkil etish;