Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
    Close Menu

    Ilmiy to'garak

      "Urologiya" kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Yosh urologlar" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida sho’ba yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika va xalqaro tanlovlari uchun urologiya, endourologiya, andrologiyaning dolzarb muammolari, zamonaviy tashxislash va kam invaziv jarrohlik aralashuvlari, urologik kasalliklarni oldini olish va qaytalanishini oldini olish bo'yicha tadqiqot ishlarini tayyorlashadi.

      Tibbiy bilimlar va tibbiyotning urologik muammolariga, bo'limga qiziqqan barcha talabalar, to'garak a'zolarining yutuqlarini rag'batlantirgan holda, hamkorlikka chaqiradilar.

      To'garak faoliyati uchun mas'ul rahbar o'qituvchi Gafarov Rushen Refatovich, bugungi kunda u mustaqil izlanuvchi, shuningdek 70 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi.

      Kurs sardori: I. Allazov, Urologia kafedrasining 2-bosqich mafistri, 35 ta ilmiy maqola va tezislarning muallifi va hammuallifi, 5 ta diplom, 25 ta sertifikat, 2 ta faxriy yorliq, rektor stipendiyasi sohibi.