Ilmiy to'garak
"Yuz-jag’ jarrohligi" kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Oltin qo’llar" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida sho’ba yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun ijtimoiy-gumanitar bilimlarning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotning falsafiy, uslubiy va bioetik muammolari bo'yicha tadqiqot ishlarini tayyorlashadi.
Tibbiy bilimlar va faoliyatning ijtimoiy-gumanitar muammolariga, bo'limga qiziqqan barcha talabalar, to'garak a'zolarining yutuqlarini rag'batlantirgan holda, hamkorlikka chaqiradilar.
To'garak faoliyati uchun mas'ul rahbar o'qituvchi Abdullayev Afzal Sarxadovich, bugungi kunda u kafedra v/b dotsenti, shuningdek 25 dan ortiq ilmiy maqolalarning muallifi.
To’garak sardori Numanova Dilnoza, stomatologiya fakulteti 5 – kurs talabasi, 10 dan ortiq xalqaro va resbublika doirasida maqolalar muallifi va xammuallifi hisoblanadi. Numanova Dilnoza 1-kurs talabalik davridan boshlab o’zining zukkoligi,jamoat va o’quv ishlarida faolligi,bilimga chanqoqligi bilan ajralib turadi.O’zining kamtarin va xushmuomalaligi bilan ustozlar mehrini qozongan. Numanova Dilnoza ,,Yuz-jag’ xirurgiyasi’’kafedrasida talabalar ilmiy jamiyatining gurux sardori sifatida qolgan TIJ a’zolariga o’rnak bo’lib Universitet,Respublika va xalqaro miqyosdagi olimpiadalar ,seminar va konferensiyalarda faol qatnashib faxrli o’rinlarni egallab kelmoqda va ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Jumladan to’garak a’zolari 2025-yilda o’tkazilgan ,,SAMARKAND-2020’’ 5-xalqaro tibbiyot talabalari olimpiadasida Numanova Dilnoza xirurgik stomatologiya yo’nalishida faxrli 3-o’rinni, Sherqulov Uchqun faxrli II o’rinni, Nurmatov Diyor faxrli II o’rinni egalladilar. To’garak sardori Numanova Dilnoza 2026-yil aprel oyida Tojikiston Tibbiyot Universitetida o’tkazilgan ,,XXI talabalar va yosh izlanuvchilar amaliy ilmiy xalqaro konfrensiyasida faxrli III o’rinni qo’lga kiritgan. To’garak a’zolari Samarqand Davlat tibbiyot universitetida 15-16 may kunlari o’tkazilgan 80-xalqaro ilmiy amaliy konfrensiyasida qatnashib Numanova Dilnoza faxrli III o’rinni, Sherqulov Uchqun faxrli I o’rinni, Nurmatov Diyor faxrli II o’rinlarni egalladi. Bundan tashqari ko’plab maqolalari bilan xalqaro konferensiyalarda qatnashib kelmoqda va xalqaro konferensiyalarni qatnashuvchisi sifatida sertifikatlarni egallamoqda. TIJ doirasida turli mavzularda master klass va seminarlar o’tkazib kelmoqda.Uning sardorligida ko’plab talabalar xalqaro olimpiada va konferensiyada faxrli o’rinlarni egallab kelmoqda.


