Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

  Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari yosh avlodni mustaqillik g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, zamonaviy tibbiyot fanining falsafiy muammolari, O'zbekiston davlatchiligi tarixining turli jihatlari bo'yicha olib borilmoqda.

  Kafedraning barcha xodimlari kafedra va universitet ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar. Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar t.f.d. professor (Zoyirov T.E), 2 nafar xodim (Muratova S.K, Elnazarov A.T) tibbiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori, 4 nafar xodim mustaqil izlanuvchi (Sadikova Sh.A., Toshtemirova M.M., Marupova M.X., Xaydarova D.M.,) sifatida faoliyat ko’rsatmoqdalar.

  So'nggi 5 yil ichida kafedra xodimlari tomonidan 400 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan, shu jumladan 2026-yilda 3 ta o`quv qo`llanma, 20 ta elektron dastur, yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 150 dan ortiq maqolalar mavjud.

Kafedra hodimlari tomonidan chop etilgan o`quv qo`llanmalar.

MualliflarO`quv qo`llanma nomi
1Zoyirov T.E., Xolboyeva N.A., Turayeva K.FKlinik endodontiya asoslari
2Zoyirov T.E., Xolboyeva N.A., Turayeva K.FRestavration stomatologiyaning preklinik bosqichi
3Zoyirov T.E., Xaydarova D.M., Marupova M.XStomatologiyada og`iz bo`shlig`I shilliq parda kasalliklari