Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  Kafedrada 1, 2, 3, 4, 5, kurs stomatologiya talabalari «Og'iz bo'shlig'i shilliq parda kasalliklari», «Paradontologiya», «Klinik endodontiya», «Klinik restavratsion stomatologiya», «Preklinik restavratsion stomatologiya», «Stomatologiyaga kirish», «Og'iz bo'shlig'i biologiyasi» fanlari dasturi asosida taxsil olishadi.

  Kafedrada magistratura va klinik ordinatura yo'nalishi bo'yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo'lga qo'yilgan.

  Kafedraning o'quv-uslubiy ishlari

  Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan har bir fan bo'yicha ma'ruza matnlari, amaliy mashg'ulot ishlanmalari va talabalar bilimini nazorat qilish uchun test topshiriqlari hamda vaziyatli masalalar banki muntazam yangilanib boriladi. Kafedrada oylik uslubiy seminarlar, ochiq darslar va o'zaro tajriba almashish mashg'ulotlari tashkil etiladi.

  Professor-o'qituvchilar davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturlaridagi o'zgarishlarga muvofiq ishchi dasturlarni har o'quv yilida qayta ko'rib chiqadi, malaka oshirish kurslarida va ilmiy-amaliy anjumanlarda faol ishtirok etadi.

  O'qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo'yicha olib boriladi:

  • Kvalifikatsion xarakteristika;
  • Davlat standarti;
  • O'quv dasturi;
  • O'quv ishchi dastur;
  • Ta'lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
  • O'zR SSV №80 buyrug'iga asosan o'zgartirishlar;
  • tasdiqlangan tashxis standartlari;
  • xalqaro tavsiyalar;
  • zamonaviy ta'lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

  O'qitish jarayonida quyidagi texnik ta'minotlar mavjud:

  Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo'lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O'quv dasturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o'qitish uchun mo'ljallangan va o'quv dasturining barcha bo'limlariga to'g'ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.

  Amaliyotda fantom xonalari tashkil qilingan bo'lib barcha amaliy ko'nikmalarni bemalol fantomlarda bajara olishadi.

  Kafedra kutubxonasi:

  • Kutubxonada ingliz, o'zbek va rus tillaridagi 60 dan ortiq o'quv adabiyotlar mavjud.
  • Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o'quv qo'llanmalar, o'quv-uslubiy qo'llanmalar va boshqalarni o'z ichiga oladi.

  Talabalar uchun mavzuga oid bemorlarni terapevtik stomatologiya yo'nalishi bo'yicha klinik qabul xonalarida ko'rish tashkil etilgan.