Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari
Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari yosh avlodni mustaqillik gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, zamonaviy tibbiyot fanining falsafiy muammolari hamda Oʻzbekiston davlatchiligi tarixining turli jihatlari boʻyicha olib borilmoqda.
Kafedraning barcha xodimlari kafedra va universitet ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar. Hozirgi kunda kafedra jamoasida 1 ta t.f.d., dotsent, 2 ta PhD, v.v.b. dotsent, 2 ta katta oʻqituvchi, 3 ta assistent va 5 ta stajyor-assistent faoliyat yuritmoqda.
Kafedrada kafedra mudiri t.f.d., dotsent A. G. Karabaev rahbarligida “Ekstremal va noekstremal omillarning organizmga taʼsiri” mavzusidagi ilmiy yoʻnalish boʻyicha tanlangan mavzular asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kafedra xodimlari ilmiy rahbarligida quyidagi nomzodlik (PhD) dissertatsiyalari boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda:
- “Postreanimatsion davrda reproduktiv tizimdagi oʻzgarishlar” — Mustaqil izlanuvchi: Kim D. V., ilmiy rahbar: t.f.d., dotsent A. G. Karabaev.
- “Jismoniy zoʻriqishda reproduktiv tizim reaktivligi” — Mustaqil izlanuvchi: Boboqandova M. B., ilmiy rahbar: t.f.d., dotsent A. G. Karabaev.
- “Jismoniy zoʻriqishda gipotalamo-gipofizar-neyrosekretor tizim reaktivligi” Mustaqil izlanuvchi: Nurimov P. B., ilmiy rahbar: t.f.d., dotsent A. G. Karabaev.
- “Angiopatiyalar bilan asoratlangan qandli diabet patogenezida oksidativ stress prediktorlarining molekulyar-genetik roli” — Mustaqil izlanuvchi: PhD, v.v.b. dotsent Mamadiyarova D. U.
Kafedra faoliyati davomida 7 ta doktorlik, 23 ta nomzodlik dissertatsiyalari yoqlangan, 18 dan ortiq monografiya, 115 dan ortiq oʻquv va ilmiy-uslubiy tavsiyanomalar, 1300 dan ortiq ilmiy maqolalar, 40 ta ratsionalizatorlik takliflari ishlab chiqilgan. Jumladan, 2025–2026-yillarda 2 ta monografiya, 50 ta ilmiy maqola (shulardan 10 tasi Scopus jurnallarida), 1 ta doktorlik dissertatsiyasi hamda 5 ta EHM dasturi ishlab chiqildi.
Kafedra xodimlari tomonidan chop etilgan monografiya va oʻquv qoʻllanmalar:
| № | Muallifning F.I.Sh. | Chop etilgan qoʻllanma / monografiya nomi |
| 1 | Karabaev A. G. | Organizmning vitseral tizimi fiziologiyasi |
| 2 | Mamadiyarova D. U. | Temir metabolizmining homiladorlik muddatlariga bogʻliq xususiyatlari |
| 3 | Mamadiyarova D. U. | Практические навыки по предмету физиологии |
| 4 | Nurimov P. B. | Normal physiology |