Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Tibbiy pedagogika fakulteti

Daminov Feruz Asadullayevich

Tibbiyot fanlar nomzodi


Qabul vaqti: Dushanba-Shanba: 08:30-17:00
Tel: (0366) 233-12-74
Fax: (0366) 233-71-75
E-mail:feruzdaminov1986@gmail.com
Manzil: Samarqand sh., Аmir Temur koʼchasi, 18 uy

Bilim soxasi: sogʼlikni saqlash
Taʼlim yoʼnalishi: 7111000 – tibbiy pedagogika (davolash ishi)
Kasbiy malaka: shifokor
Oʼqish muddati: 6 yil.
Oʼqish shakli: kunduzgi

FAKULTET TARKIBIGA 13 TA KAFEDRA KIRADI:


  • Fizika, biofizika va tibbiy fizika kafedrasi.
  • Informatika va informatsion texnologiyalar kafedrasi
  • Pedagogika va psixologiya kafedrasi
  • Umumiy xirurgiya kafedrasi
  • Psixiatriya, tibbiy psixologiya va tibbiy psixologiya va narkologiya kafedrasi
  • Tillar kafedrasi
  • Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi
  • 3- ichki kasalliklar kafedrasi
  • Teri-tanosil kasalliklari kafedrasi
  • Endokrinologiya kafedrasi
  • Meditsina reabilitatsiyasi va sport meditsinasi kafedrasi
  • Fuqaro muxofazasi va jismoniy tarbiya kafedrasi
  • O‘zbek tili va adabiyoti rus tili bilan kafedrasi

KASB TA`LIMI FAKULTETI DEKANAT XODIMLARI TARKIBI


Urunov Baxodir Muminovich
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar hamda

3 kurslari bo'yicha kasb ta’limi fakulteti dekan o'rinbosari.

Qabul vaqti: Dushanba-Shanba: 08:30-17:00
Tel.: (998) 985739924
E-mail: urunov1961@mail.ru

TURAYEV TOLIB MAXMUDJONOVICH

2,4 kurslar bo`yicha dekan o`rinbosari

Qabul vaqti: Dushanba-Shanba: 08:30-17:00
Tel.: (998) 915319294
E-mail: tolibturaev886@gmail.com

Temirov Fazliddin Nuriddinovich

5,6 kurslar bo`yicha dekan o`rinbosari.

Qabul vaqti: Dushanba-Shanba: 08:30-17:00

Tel.: (998) 973933152

E-mail: fazli0122@gmail.com


FАKULTET TАRIXI


  Fakultet 2005 yilda institut rektori А.M.Shamsiev tashabbusi bilan ochilgan. Bunday fakultetlar respublikada Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343 – sonli qaroriga muvofiq umumiy amaliyot shifokorlarni, shuningdek, tibbiyot kolledjlari va institutlari uchun shifokor-oʼqituvchilarni tayyorlash uchun tashkil etilgan. 2005 yilda 50 ta talaba 1 kursga qabul qilindi va ular uchun 1 sentyabrdan oʼqish boshlandi. Taʼkidlash joizki, fakultetda 2012 yilda 50 nafar bitiruvchi-shifokorlardan iborat boʼlib, ulardan 4 nafari imtiyozli diplom bilan taqdirlangan. Fakultet tashkil etilgan kundan boshlab, taʼlim sifatini oshirish boʼyicha koʼp ishlar qilindi, amaliy mashgʼulotlar oʼtkazishning yangi usullari oʼzlashtirilmoqda. sammi.moodle.uz elektron taʼlim tizimida fanlarni o'zlashtirish uchun barcha zaruriy materiallar yaratilgan va talabalarni oʼqitish va bilimini monitoring orqali nazorat qilish uchun testlar banki, rasmli va vaziyatli masalalar testlari yaratilgan.
  Fakultet kafedralarida 5ta oʼquv va klinik bazalar, 6ta maʼruza zallari, 30 dan ortiq oʼquv xonalari mavjud. Shuningdek, oʼquv jarayoni oʼtadigan kasalxonalar, klinikalar, kompyuter va oʼquv xonalari zamonaviy oʼquv mebellar, kompyuterlar, multimediya proektorlari bilan jixozlangan. Kafedralar amaliy koʼnikmalarni rivojlantiradigan fantom sinflar bilan jixozlangan. Oʼquv va ilmiy ishlarni bajarish uchun barcha kafedralarda mavjud kompyuterlar internet tarmoqlariga ulangan.
Bugungi kunda fakultetning 1 dan 6 kursgacha taxsil oluvchi studentlarning soni 622 nafarni tashkil qiladi. Xar yil fakultetga 100 dan ortiq student qabul qilinadi.
  Oʼquv jarayonining shakli va metodlari muntazam ravishda yangilanadi va takomillashtiriladi. Oʼzbekiston taʼlimini Yevropa taʼlim xududi bilan integratsiyalash maqsadida, fakultetda 6 yildan beri Boloniya oʼquv jarayoniga muvofiq kredit – modul tizimi buyicha taʼlim olmoqdalar. Shu maqsadda, pedagogik jarayonda studentlarning mustaqil tayyorlanishi, test masalalarini yechish, amaliy koʼnikmalarni oʼzlashtirish kabi usullarga kuproq ahamiyat beriladi. Reyting tizimi talabalarning individual tayyorgarligini hisobga olgan xolda, oʼqitish va nazorat qilish usullaridan yanada ijodiy foydalanishga imkon beradi.
  Talabalarning ilmiy tadqiqot ishlari olib borishlariga ham katta eʼtibor beriladi. Ilmiy izlanish natijalari boʼyicha materiallar fakultet ilmiy kengashlarida, konferentsiyalarda hisobot beriladi va qilingan ishlar ilmiy toʼplamlarda nashr etiladi. Ilmiy izlanishlar natijalariga koʼra nomzod stipendiyalar tayinlanadi. Magistratura va rezidenturaga qabul tanlov asosida oʼtkaziladi.
Eng yaxshi talabalar Oʼzbekiston Prezidentining stipendiyasi, Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasi va boshqa nomzod stipendiyalar bilan taqdirlanadilar.
  Fakultetda studentlar ishlab chiqarish amaliyotini quyidagi yunalishlar buyicha oʼtadilar: kichik xamshira, xamshiralik ishi, kasalxona shifokorining yordamchisi, kasbiy pedagogika va psixologiya.

  Fakultetda murabbiylik instituti xam samarali faoliyat koʼrsatib kelmoqda. Studentlar oʼrtasida tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish maqsadida, studentlar akademik guruxlariga institut professor oʼkituvchilaridan murabbiylar tayinlangan. Zamonaviy jamiyatda, xayot faoliyati soxalarida jismoniy kamolotni jadallashgani bilan ajralib turishiga qaramay, uz – uzini shaxs sifatida tasdiqlashga asoslangan ijtimoiy va psixologik tushunchalar, muloqot zarurati, usmirning ulgʼayishiga intilishi, yangi dunyoqarashni shakllantirishga olib keladi.
  Bitiruvchi kurslarni davlat attestatsiyasiga tayyorlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oxirgi yillar davomida bitiruvchi studentlar amaliy yunaltirilgan bitiruv imtixonlarini topshiradi, shunga mos ravishda fakultet va bitiruvchi kafedralar xodimlari katta xajmda tashkiliy va metodik ishlarniolib boradilar.
  Fakultet oʼquvjarayonini studentlarga yuqori pedagogik maxorat bilan oʼtkazilishiga respublikaning, MDX va xorijiy mamlakatlarning yetakchi universitetlari va ilmiy tadqiqot institut professorlari ishtirokidagi maʼruzalar va oʼtkazilayotgan klinik konferentsiyalar yordam beradi.

FАKULTETDА DEKАNLIK LАVOZIMIDА ISHLАGАNLАR:

  Fakultetning shakllanishi va rivojlanishida qoʼyidagi dekanlar oʼz xissalarini qoʼshganlar: professor Shavazi Nurali Mamedovich (2005-2007 yy), sub tibbiyot va patologik anatomiya kafedrasining dotsenti Аbdullaev Baxtiyor Saidovich (2007-2012 yy), jarroxlik kafedrasi dotsenti Ruzibaev Sanjar Аbdusalomovich (2012-2017 yy), tibbiyot fanlari doktori, dotsent Oripov Firdavs Surʼatovich (2018-2020 yy), 2020 yil fevral oyidan boshlab fakultetga tibbiyot fanlari nomzodi Mamaradjabov Sobirjon Ergashevich rahbarlik qilib kelmoqda. Uning oʼrinbosarlari biofizika, informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi o`qituvchisi, texnika fanlari nomzodi Urakov Shokir Ulashovich, Urunov Baxodir Muminovich va biofizika, informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi katta uqituvchisi Burxonov Baxtiyor Nabievich, fakultet inspektori – Xolova Salomat Mamatovna.


MAʼNAVIY – MAʼRIFIYISHLAR


  Sharq donishmandlari taʼkidlaganidek: «Taʼlimni tarbiyadan, va aksincha, tarbiyani taʼlimdan ajratib bulmaydi». Fakultet shifokor- pedagoglarni tayyorlaydi, shu sababdan yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda maʼnaviy–maʼrifiy ishlarga aloxida eʼtibor beriladi. Fakultetimizning shiori: «Yuksak maʼnaviyat–engilmas kuch». Birinchi Prezidentimiz I.А. Karimovning ushbu sarlavxa ostidagi kitobi xar bir fakultetning xar bir xodimi va studentining asosiy yulboshchisi xisoblanadi. Maʼnaviy – maʼrifiy ishlar oʼquv yili boshida maʼnaviy va maʼrifiy ishlar buyicha prorektor tomonidan tasdiqlangan reja asosida olib boriladi.
  Fakultetning asosiy faoliyatlardan biri studentlarda axloqiy qadriyatlarni, kasbiy faoliyatiga manfaatli (qiziquvchi) boʼlishni, sogʼlom turmush tarzi zaruriy ehtiyojligini shakillantirish, ularni institutning ommaviy – madaniy tadbirlarga jalb etishdir. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun Fakultetda murabbiylar kengashi ish yuritmoqda, ular oʼz faoliyatini tasdiqlangan rejaga muvofiq amalga oshiradilar. Fakultetning xar bir guruhiga murabbiy biriktirilgan boʼlib, ular tajribali pedagoglardan tanlangan. Fakultet studentlari boʼsh vaqtlarni mazmunli oʼtkizish maqsadida, murabbiylar rahbarligida jamoat tadbirlarida, havaskorlik tashabbuslariga jalb etiladi, Samarqandning va Respublikaning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor yodgorliklari, teatr va muzeylarga tashrif buyurishadi.
  Fakultet studentlari Respublikamizda oʼtkizilib kelinayotgan turli ijodiy konkurslarda qatnashib kelishmoqda. Jismoniy tarbiya va sportga katta eʼtibor berilmoqda. Fakultet studentlari institutimiz sport kompleksi bazasida faoliyat koʼrsatayotgan suzish, tennis, shaxmat, futbol, basketbol, voleybol, milliy kurash, sharq yakkakurashi, yengil atletika sektsiyalariga qatnaydilar. Ular hududiy va Respublika miqiyosidagi sport musobaqalarida xam faol qatnashdilar.
  Madaniy-ommaviy ish talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan. Fakultet faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri talabalarda yuqori axloqiy qadriyatlarni shakllantirish, kasb-hunar faoliyatiga bo'lgan qiziqishni, sog'lom turmush tarziga bo'lgan ehtiyojni tarbiyalash, o'quvchilarni institut madaniy-ommaviy tadbirlariga jalb etish hisoblanadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun fakultetda murabbiylik kengashi faoliyat olib boradi, uning faoliyati tasdiqlangan rejaga muvofiq amalga oshiriladi. Fakultetning har bir guruhiga tajribali pedagoglar orasidan tayinlangan murabbiy tayinlangan. Murabbiylar rahbarligida fakultet talabalari jamoat tadbirlarida faol ishtirok etib, madaniy hordiq chiqarishni tashkil etib, Samarqand shahrining tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylariga, teatr va muzeylarga tashrif buyurishadi.

Murabbiylik guruxi bilan sayoxat

  Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tasdiqlangan reja asosida olib boriladi, unga muvofiq tarixiy sanalar, milliy bayramlar, sport musobaqalari, ichki ishlar organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, ma'naviyat markazlari va boshqa hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda turli tadbirlar o'tkazilmoqda.

21-oktabr "O'zbek tili kuni" Munosabati bilan A. Navoiy poyiga guldastasi qo'yildi

  Har bir kuratorda ishchi reja mavjud bo'lib, uning asosida murabbiylik guruhi bilan turli tadbirlar o'tkaziladi. Har bir kurator har bir talaba va uning kundalik hayoti haqida ma'lumotga ega. Shuningdek, albomlar va disklar ham mavjud bo'lib, unda voqealar sahnalari aks ettirilgan. Fakultet dekani va dekan o'rinbosarlari guruh murabbiylari va talabalari bilan muntazam ravishda uchrashadilar. Har payshanba kuni darslar "axborot soati"materiallari bilan tanishish bilan boshlanadi.

Fakultet dekan o`rinbosarining “Navruz” umumxalq bayramida ishtiroki

18-oktyabr "Samarqand Shahar Kuni" Munosabati Bilan "Ekologiya" Aktsiyasi Tashkil Etildi


OʼQUV–USLUBIY ISHLАR


  Fakultetda o'quv-uslubiy ishlar O'zbekiston Respublikasining ta'lim me'yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan:
1. Oʼzbekiston Respublikasining «Taʼlim toʼgʼrisidagi Qonun»i (29 avgust 1997y).
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (29 avgust 1997 y).
3. «Oliy taʼlim xaqida Nizom» 9.01.2003 y. OUMTV tomonidan tasdiqlangan.
4. 5510200 «Pediatriya ishi» yunalishi buyicha Davlat taʼlim standarti.
5. OOʼMTV tomonidan tasdiqlangan «pediatriya ishi» taʼlim yunalishi buyicha fanlar buyicha namunaviy va ishchi oʼquv dasturlar.
7. OUMTVning 2010 yil 25 avgustdagi № 333 soli buyrugʼi bilan oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritilgan «Oliy taʼlim muassasalarida studentlar bilimini nazorat qilish va baxolashning reyting tizimi Nizomi».
8. «Institutda oʼquv mashgʼulotlarini modul tizimida tashkil etish toʼgʼrisida» 2013 yil 2 sentyabrdagi № 43 sonli SamMI rektorining buyrugʼi.
9. «Institutda oʼquv mashgʼulotlarini moodle.sammi.uz intranet elektron oʼqitish tizimida tashkil etish toʼgʼrisida» 2013 yil 19 dekabrdagi № 951/U sonli SamMI rektorining buyrugi.
10. 2016 yil 15 iyundagi № 9 sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan «Kredit – modul tizimida oʼquv jarayonini tashkil etishda studentlar bilimini baxolash va nazorat qilish uchun tavsiyanoma».


ILMIY-TADQIQOT ISHLARI


  Fakultet kafedralarining xodimlari ilmiy – tadqiqot ishlarida faol ishtrok etib kelishmoqda. Oʼtkizilayotgan tadqiqotlarning ilmiy- texnik saviyasi yuksak metodik va zamonaviy darajada.
  Fakultet professor – oʼqituvchilar jamoasiining meditsina ilm - fanini yuksalish (rivojlanish)ida “Ona va bola salomatligini himoyalash” muammosi boʼyicha ilmiy - tadqiqot ishlari katta ahamiyat va salmoqli ulushga ega. Bunda, regional oʼziga xoslik inobatga olingan holda, ayollar va bolalarni tashxislash, profilaktika va KASB TA’LIMI ishlari hududga muvofiq olib boriladi. Oʼtkizilgan tadqiqotlar natijalari amaliyotda oʼz oʼrnini topadi va KASB TA’LIMI profilaktika chora-tadbirlarining sifatini oshiradi.
  Fakultetning 70 dan ortiq pedagog - oʼqituvchilar chet eldagi yirik markazlarda oʼz malakasini oshirishdi, koʼplab oʼqituvchilarimiz nufuzli halqaro konferentsiya ishlarida ishtrok etishib, oʼz chiqishlarining dolzarbligiga eʼtiborni tortdilar. Fakultetning ilmiy tadqiqot ishlari halqaro, respublika va mahalliy nashriyotlarda nashr qilib boriladi.
  Studentlarni ilmiy tugarak ishlarida (SNO) qatnashishi – Fakultet ish jarayolarining ajralmas qismi xisoblanadi. Toʼgaraklarda 740 nafar studentlar faol ishtirok etmoqda. Ularning ilmiy – tadqiqot materiallari har yili yosh olimlar konferentsiyalarida maruza qilinadi, eng yaxshi ishlar oliy oʼquv yurtlararo konferentsiyalarga yuboriladi va har yili 15 – 20 ta sovrinli oʼrinlarni egallab kelmoqda. Bular, diplomgacha taʼlimni yakunlashida dekanatga studentlarni nomdor stependiyalarni tayinlashda doktaranturaga kirishda chet ellarda tajriba orttirishga tavsiya berish jarayonlarda-inobatga olinadi.

Fakultet va kafedra xodimlari “Raqamli texnologiyalarni tibbiyotga qullanilishi” nomli informatiklarning milliy anjumanida


TALABALAR ILMIY JAMIYATI


  Iqtidorli talabalar bilan ilmiy tadqiqot ishlarini tashkillashtirish boʼyicha institut kafedralarida kata ishlar olib borilmoqda. Har bir kafedrada studentlarning ilmiy toʼgaragi mavjud boʼlib, ular bulajak shifokor-pedagoglarni ilmiy va amaliy faoliyatga tayyorlaydilar. Tugarak yigʼilishlarining mavzulari xilma–xil boʼlib, studentlarga oʼzi qiziqqan yunalishlari buyicha ilmiy tadqiqotlarni tanlashga imkon beradi. Fakultetda iqtidorli yoshlarni aniqlab, ular bilan ishlash boʼyicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Har yili fakultet studentlari turli fanlar boʼyicha Respublika olimpiadalarida qatnashib, gʼolib boʼlishadi.
  Turli xalqaro va xalkaro miqyosidagi ilmiy anjumanlarda ishtirok etish–bu turli toʼgaraklarning faoliyati natijasidir. Xar yili tibbiy pedagogika fakulteti talabalari xalkaro tibbiyot konferentsiyalarida qatnashib, 1 – darajali diplom va esdalik uchun oltin medallarga sazovor boʼlishadi.

  Talabalarning ilmiy to'garaklar ishida ishtiroki fakultet ishida ta'lim jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Unda 150 dan ortiq talaba ishlaydi. Ilmiy-tadqiqot ishlarining materiallari har yili universitetning yosh olimlari konferensiyasida e'lon qilinadi va eng yaxshi ishlar har yili 10-15 sovrinli o'rinlarni olgan universitetlararo ilmiy anjumanlarga topshiriladi. Bu esa, dekanatni diplomdan keyingi ta'limdan so'ng, talabalar nominal stipendiyalarni tayinlash, ilmiy ish, aspirantura, chet elda malaka oshirish va shunga o'xshash tavsiyalar uchun tanlov o'tkazish haqida o'ylash imkonini beradi.

  2020-yil 20-28-may kunlari mamlakatimizda Oliy o'quv yurtlari talabalari o'rtasida Respublika onlayn olimpiadasi bo'lib o'tdi. Olimpiadada turli fanlar bo'yicha turli Oliy o'quv yurtlari talabalari ishtirok etdilar. Uning yakunlariga ko'ra, "Ingliz tili" fanidan 1-o'rin Davolash fakulteti talabasi Ibragimov Sherzodga berildi.

Fakultetning 3-nafar talabasi institutda joriy etilgan “Rektor stipendiyasi” sovrindori bo`ldi


KASB TA`LIMI FAKULTETINING KENGASHI A'ZOLARI


F.I.O.

Ilmiy darajasi va unvoni

Lavozimi

1

Mamaradjabov Sobirjon Ergashevich

t.f.n.

Kengash raisi, tibbiy pedagogika, oliy xamshiralik ishi va xalq tabobati fakulteti dekani.

2

Olimzoda Parvina

O‘qituvchi

Tillar kafedasi o‘qituvchisi, kengash kotibi

3

Yarmuxammedova Nargiza Anvarovna

t.f.n

dots.

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

4

Sodikov Naim Ochilovich

f.m.f.n., dots.

Fizika, biofizika va tibbiy fizika kafedrasi mudiri.

5

Malikov Murod Rasulovich

f.m.f.n.

Informatika va informatsion texnologiyalar kafedrasi mudiri.

6

Razыkova Lola Tuychievna

f.f.n., dots.

Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri.

7

Sherbekov Ulugbek Axrorovich

t.f.n.

Umumiy xirurgiya kafedrasi mudiri.

8

Murtazaev Zafar Isrofilovich

t.f.n., dots.

Umumiy xirurgiya kafedrasi dotsenti.

9

Velilyaeva Alie Sabrievna

t.f.n.

Psixiatriya, tibbiy psixologiya va narkologiya kafedrasi mudiri.

10

Safarova Umida Aliaskarovna

f.f.n

Tillar kafedrasi mudiri.

11

Maxmudova Aziza Nugmanovna

PhD

Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi mudiri.

12

Urakov Shokir Ulashevich

t.f.f.d., dots

Informatika va informatsion texnologiyalar kafedrasi dotsenti, tibbiy pedagogika fakulteti dekan o‘rinbosari

13

Urunov Baxodir Muminovich

Tibbiy pedagogika fakulteti dekan o‘rinbosari

14

Babaeva Dilbar Xabibdjanovna

f.f.n.

Tillar kafedrasi o‘qituvchisi.

15

Burxonov Baxtiyor Nabievich

f-m.f.n. k.o‘qit.

Fizika, biofizika va tibbiy fizika kafedrasi katta o‘qituvchisi.

16

Jalilov Muxiddin Xalimovich

f-m.f.n.

Tibbiy biologik fizika kafedrasi o‘qituvchisi.

17

Ochilov Ulugbek Usmonovich

PhD

Psixiatriya, tibbiy psixologiya va narkologiya kafedrasi o‘qituvchisi.

18

Raxmatova Fotima Ganievna

PhD

Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi.

19

Kosimova Ozoda Xudoynazarovna

PhD

Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi

20

Djamaldinova Shaxlo Obloberdievna

O‘zbek tili va adabieti rus tili bilan kafedrasi mudiri

21

Shodikulova Gulandom Zikiryaevna

T.f.n. professor v.b

3- ichki kasalliklar kafedrasi mudiri

22

Jo‘raev Sobir Omonovich

T.f.n.

3- ichki kasalliklar kafedrasi assistenti

23

Ashirov Zoxidjon Fayazjonovich

Teri-tanosil kasalliklari kafedrasi mudiri

24

Abdullaev Xasan Davlatovich

Teri-tanosil kasalliklari kafedrasi stajyor-assistenti

25

Negmatova Gulzoda Shuxratovna

Endokrinologiya kafedrasi mudiri

26

Sobirova Dilnoza Shuxratovna

Endokrinologiya kafedrasi assistenti

27

Mavlyanova.Zilola Farxadovna

T.f.n.

Meditsina reabilitatsiyasi va sport meditsinasi kafedrasi mudiri

28

Ravshanova Maftuna

Meditsina reabilitatsiyasi va sport meditsinasi kafedrasi assistenti

29

Murodov Muzaffar Shermatovich

Fuqaro muxofazasi va jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri

30

Nuriddinov Axmad Muxammadievich

Fuqaro muxofazasi va jismoniy tarbiya kafedrasi assistenti

31

Toxirova Farida Alimjanovna

Informatika va informatsion texnologiyalar kafedrasi stajyor-asistenti