Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Xalqaro hamkorlik

  Samarqand davlat tibbiyot universitetining (SamDTU) baynalmilallashuv vazifalari universitetning xalqaro taʼlim makonidagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan rivojlanish konsepsiyasiga tayanadi. Baynalmilallashuvning asosiy afzalliklari xorijiy talabalar sonini oshirish, xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan qoʻshma loyihalarni rivojlantirish, xorijiy tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi va tadqiqotchilar sonini koʻpaytirish, shuningdek, ikkinchi diplom beruvchi qoʻshma dasturlarni kengaytirishdan iborat.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti taʼlim va fan sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etuvchi 60 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlar, xorijiy universitetlar hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan sheriklik aloqalarini rivojlantirmoqda. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerika va MDH universitetlari bilan hamkorlik hamda akademik muloqotni rivojlantirish qoʻshma dasturlar va akademik mobillik asosida yoʻlga qoʻyilgan.

  Yildan-yilga SamDTUga hamkorlik oʻrnatish, taʼlim olish, malaka oshirish va ilmiy konferensiyalarda ishtirok etish maqsadida tashrif buyurayotgan xorijiy yuqori malakali mutaxassislar, professorlar, talabalar va tadqiqotchilar soni ortib bormoqda. SamDTU butun dunyo boʻylab taʼlim va ilmiy markazlar, universitetlar va jamoat tashkilotlari bilan aloqalar oʻrnatishga tayyor hamda universitet eshiklari xorijdagi barcha abituriyentlar, talabalar, izlanuvchilar va oʻqituvchilar uchun hamisha ochiqdir.

  Xalqaro hamkorlik yoʻl xaritasi: SamDTU fiziologiya kafedrasi yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlarning 10 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan aloqalar oʻrnatgan va hamkorlik qilib kelmoqda, ular orasida:

  • Astana tibbiyot universiteti;
  • Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti;
  • Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasi;
  • Tojikiston davlat tibbiyot universiteti;
  • Tojikiston tibbiyot-ijtimoy instituti.

  Yuqorida qayd etilgan universitet va institutlarda onlayn mashgʻulotlar oʻtkazilmoqda. Fiziologiya kafedrasi oʻqituvchi va talabalari yozgi pedagogik maktablar hamda konferensiyalarda faol ishtirok etib, tegishli sertifikat va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

  Oʻquv yili davomida Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universitetining 1–2-bosqich talabalari uchun kafedra oʻqituvchilari tomonidan Zoom platformasi orqali onlayn maʼruzalar tashkil etildi, unda talabalar faol qatnashib, oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.

  2025–2026-oʻquv yilida Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti professori Ishegov Ibrohim Agayevichga SamDTU Faxriy professori unvoni berildi.

  Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasi tomonidan oʻtkazilgan konferensiyada talabalarimiz onlayn formatda ishtirok etib, "Koronavirus infeksiyasidan keyingi yurak-qon tomir asoratlari" va "Stomatologiyada mahalliy anesteziya paytida yurak-qon tomir tizimi tomonidan kelib chiquvchi asoratlar" mavzularida maʼruzalari bilan muvaffaqiyatli chiqish qildilar. Ular ishtirokchilarning savollariga javob berib, konferensiya tashkilotchilarining tashakkurnomalarini qoʻlga kiritdilar. SamDTU fiziologiya kafedrasi Jamoat salomatligi texnikumi va akademik litseylarning umumkasbiy va ixtisoslik fanlari kafedralari bilan hamkorlikda "Nafas olish tizimi fiziologiyasi", "Yurak-qon tomir tizimi fiziologiyasi", "Qon fiziologiyasi" va "Oliy nerv faoliyati fiziologiyasi" mavzularida muntazam ravishda mahorat darslari hamda ochiq mashgʻulotlar oʻtkazib kelmoqda va ushbu tadbirlar ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borilmoqda.