Kafedra tarixi
Samarqand davlat tibbiyot instituti 2-son gospital pediatriya kafedrasi 1981-yil 22-sentabrda tashkil etilgan. Kafedra mudiri etib yosh tibbiyot fanlari doktori Janhuraz Ishqabulovich Ishqabulov tayinlangan.

Kafedra tashkil etilgan dastlabki kunlardan boshlab J. I. Ishqabulov rahbarligidagi kafedra jamoasi Moskva davlat tibbiyot instituti 2-son gospital pediatriya kafedrasi (kafedra mudiri — professor V. A. Tabolin), nefrologiya bo‘limi (bo‘lim mudiri — professor V. I. Naumova), SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasi Pediatriya ilmiy-tadqiqot instituti (direktori — akademik M. Ya. Studenikin), nefrologiya bo‘limi (bo‘lim mudiri — professor M. S. Ignatova), Moskva Pediatriya va bolalar xirurgiyasi ilmiy-tadqiqot instituti (direktori — akademik Yu. E. Veltishchev) bilan yaqindan hamkorlik qilib faoliyat olib borgan.
J. I. Ishqabulov rahbarligida 3 ta doktorlik va 13 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan. Hozirgi kunda uning shogirdlari deyarli barcha MDH mamlakatlarida faoliyat yuritmoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasida bolalar nefrologiyasi fanining asoschisi sifatida J. I. Ishqabulov tomonidan bir necha yil davomida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida O‘zbekistonda birinchi marta Zarafshon vodiysida buyrak kasalliklari epidemiologiyasi o‘rganilgan.
J. I. Ishqabulov tomonidan 400 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan. Ularning 2 tasi darslik, 2 tasi monografiya va 40 dan ortig‘i o‘quv-uslubiy qo‘llanmalardir.

2012-yil iyun oyidan 2019-yil oktabr oyigacha kafedraga tibbiyot fanlari doktori, dotsent Yuldashev B. A. mudirlik qilgan.
2019-yil oktabr oyidan 2024-yil dekabr oyigacha B. A. Yuldashev kafedra dotsenti lavozimida faoliyat yuritgan. 2024-yil dekabr oyidan boshlab hozirgi vaqtgacha yana kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.
B. A. Yuldashev 1994-yilda Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 1994–1997-yillarda «Bolalar xirurgiyasi» mutaxassisligi bo‘yicha 2-son bolalar xirurgiyasi kafedrasida aspiranturada tahsil olgan. 1998–1999-yillarda Samarqand shahridagi Bolalar xirurgiyasi ilmiy markazida ordinator sifatida faoliyat olib borgan.
2000–2006-yillarda Samarqand davlat tibbiyot instituti Gospital xirurgiya kafedrasi huzuridagi FUV bolalar xirurgiyasi kafedrasida assistent lavozimida ishlagan. 2006–2012-yillarda esa FUV bolalar xirurgiyasi kursi bilan gospital bolalar xirurgiyasi kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritgan.
2024-yilda tibbiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
B. A. Yuldashevning ilmiy rahbarligi ostida tibbiyot fanlari bo‘yicha PhD ilmiy darajasini olish uchun 1 ta dissertatsiya himoya qilingan. Hozirgi vaqtda uning ilmiy rahbarligida yana 2 ta dissertatsiya ishi olib borilmoqda.
B. A. Yuldashev 3 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta monografiya hamda 300 dan ortiq ilmiy ishlar muallifidir.
2019-yil oktabr oyidan 2024-yil dekabr oyigacha 2-son pediatriya kafedrasiga tibbiyot fanlari doktori, dotsent Axmedjanova Nargiza Ismoilovna rahbarlik qilgan.

N. I. Axmedjanova 2003-yilda Samarqand davlat tibbiyot institutining Pediatriya fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2003–2006-yillarda kafedrada magistratura bosqichida tahsil olgan. 2007–2010-yillarda «Fakultet pediatriyasi va tibbiy genetika» kafedrasida aspiranturada tahsil olgan.
2010-yilda tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan, 2019-yilda esa tibbiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasini himoya qilgan.
N. I. Axmedjanovaning ilmiy rahbarligida tibbiyot fanlari bo‘yicha PhD ilmiy darajasini olish uchun 4 ta dissertatsiya ishi himoya qilingan. N. I. Axmedjanova 2 ta darslik, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta monografiya va 300 dan ortiq ilmiy ishlar muallifidir.
Hozirgi vaqtda N. I. Axmedjanova kafedra professori lavozimida faoliyat yuritmoqda.