Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʼlimi



Qabul vaqti: Dushanba - juma 14:00-16:00
Tel: 66 233-30-34
Fax: 66 233-30-34
E-mail: sammi_tijoratlashtirish@mail.ru uquv.bulim@mail.ru
Manzil: Samarqand sh.,Amir Temur k.,18 uy

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʼlimi


   Ilmiy - innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʼlimi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 7 may 2018 yildagi 3698-sonli “Iqtisodiyot sohalariga innovatsiyalar mexanizmlarini joriy etishni takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora - tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 iyuldagi «Oliy taʼlim muassasalarida ilmiy - innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish toʼgʼrisida» 594-sonli buyrugʼi ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand Davlat tibbiyot universitetining 2018 yil 9 iyuldagi buyrug’iga asosan tashkil qilingan. Boʼlimning faoliyati Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasining boshqa davlat boshqaruv organlari buyruqlari va meʼyoriy hujjatlari bilan intellektual sohani muhofaza qilish hamda Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro bitimlari bilan, institut rektorining buyruq va farmoyishlari bilan oʼz Nizomi va boshqa meʼyoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʼlimining maqsad va vazifalari:


  • Tijoratlashtirish boʼlimi institut huquqiga tegishli boʼlgan ilmiy-innovatsion ishlanmalarni hamda ilmiy-tadqiqot faoliyat natijalarini (keyingi oʼrinlarda - ITF) tijoratlashtirishni taʼminlash maqsadida tashkil etiladi.
  • bozorni tizimli tahlil qilish va innovatsion mahsulotga boʼlgan ehtiyojni (ish, xizmatlar) oʼrganish, innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish bilan bogʼliq boʼlgan rentabellikni baholash;
  • tijoratlashtirishga va amaliyotga tadbiq etishga tayyor loyihalarni saralash;
  • innovatsion loyihalarni amalga oshirishga investorlar, hamkorlar va boshqa manfaatdor shaxslarni jalb etish;
  • yangi texnologiyalarni joriy etish va innovatsion mahsulot ishlab chiqarish maqsadida sanoat korxonalari bilan hamkorlik qilish.
  • ilmiy-innovatsion ishlanmalarni hamda ITF natijalarini tijoratlashtirish maqsadida tinglovchilar uchun mavzuli malaka oshirish kurslarini tashkil etish;