Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Klinik amaliyot

  Samarkand davlat tibbiyot universitetida klinik amaliyot zamonaviy tibbiyot talablari va xalqaro standartlarga mos ravishda tashkil etilgan bo‘lib, talabalarni bilimli, amaliy ko‘nikmalarga ega, mas'uliyatli va raqobatbardosh shifokor sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.

  Talabalar dastlab Klinik ko‘nikmalar va simulyatsion markazda zamonaviy simulyatorlar, fantomlar va trenajyorlar yordamida reanimatsiya, shoshilinch tibbiy yordam, jarrohlik, akusherlik va ginekologiya hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha zarur amaliy ko‘nikmalarni xavfsiz muhitda egallaydilar.

  Keyingi bosqichlarda universitet klinikalari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ko‘p tarmoqli shifoxonalar va birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida professor-o‘qituvchilar hamda tajribali shifokorlar rahbarligida klinik amaliyot o‘taydilar. Bu jarayonda talabalar bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazish, anamnez yig‘ish, laboratoriya va instrumental tekshiruvlar natijalarini tahlil qilish, tashxis qo‘yish hamda davolash jarayonida ishtirok etadilar.

  Klinik mashg‘ulotlarda klinik muhokamalar, konsiliumlar, Evidence-Based Medicine (EBM) tamoyillari va xalqaro klinik tavsiyalar asosida ishlash orqali talabalarning klinik fikrlashi va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalari rivojlantiriladi. 

  Raqamli texnologiyalar klinik amaliyotning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Talabalar telemeditsina, tibbiy axborot tizimlari, sun'iy intellekt elementlari hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida joriy etilgan DMED platformasi, elektron retsept va boshqa raqamli sog‘liqni saqlash tizimlari bilan ishlash ko‘nikmalarini egallaydilar.

  Amaliy tayyorgarlik zamonaviy baholash usullari asosida bosqichma-bosqich nazorat qilinadi. Klinik ko‘nikmalar, kasbiy kompetensiyalar, muloqot madaniyati va amaliy tayyorgarlik darajasi muntazam baholanib, har bir talabaning rivojlanish dinamikasi monitoring qilinadi. Talabalarning amaliy tayyorgarligi klinik ko‘nikmalarni baholashning xalqaro standarti hisoblangan Objective Structured Clinical Examination (OSCE) elementlari asosida ham baholanadi.