×
Menu
Close Menu

Universitet talabalari va rahbariyati MEROS International Hospital yangi korpusining ochilish marosimida ishtirok etdi

  Joriy yilning 15-iyun kuni universitet ma’muriyati, professor-o‘qituvchilari hamda talabalari MEROS International Hospitalning intervension kardiojarrohlik va reabilitatsiya yo‘nalishidagi yangi korpusi tantanali ochilish marosimida ishtirok etdilar.

  Tadbirda tibbiyot muassasasi rahbariyati, universitet prorektorlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar qatnashdi. Mehmonlar ixtisoslashtirilgan kardiojarrohlik yordamini ko‘rsatish hamda bemorlarni kompleks reabilitatsiyadan o‘tkazish uchun zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan yangi korpusning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Yangi korpusning ishga tushirilishi hudud sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishdagi muhim qadam bo‘lib, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda bo‘lajak tibbiyot mutaxassislarining amaliy tayyorgarlik imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

  Tashrif davomida ishtirokchilar davolash-diagnostika jarayonining tashkil etilishi, bo‘limlarning zamonaviy jihozlanishi hamda universitet va tibbiyot muassasasi o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va amaliy sog‘liqni saqlash yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari bilan tanishdilar.


SamDTU Matbuot xizmati