×
Menu
Close Menu

Universitetga Turkiyaning Anqara universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Anqara universiteti rektori, Prof.Dr. Necdet ÜNÜVAR boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

  Tashrif davomida mehmonlar universitet va o‘quv jarayoni hamda zamonaviy ta’lim sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar. Ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

  Shuningdek, tashrif doirasida Turkiya Sog‘liq Bilimlari Universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim dasturi doirasida tahsil olayotgan talabalar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda SamDTU rektori Jasur Rizayev hamda Anqara universiteti rektori Necdet ÜNÜVAR tomonidan o‘zaro do‘stlikka asoslangan hamkorlik aloqalarining bardavomligi va yanada mustahkamlanishi borasidagi iliq fikrlar bildirildi.

  Mazkur tashrif ikki qardosh mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy va akademik hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni kengaytirish hamda talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlarni oshirishga xizmat qiladi.


SamDTU Matbuot xizmati