×
Menu
Close Menu

Xalqaro hamkorlik doirasida tajriba almashinuvi

  2025-yil 13–19-mart kunlari Rossiya Federatsiyasining V.I. Razumovskiy nomidagi Saratov davlat tibbiyot universitetida Samarqand davlat tibbiyot universitetining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutori Baxromov Bunyodjon Axrolovich akademik mobillik dasturi doirasida malaka oshirib, xalqaro tajriba almashinuvida ishtirok etdi.

  Mazkur tashrif ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ta’lim va tarbiya jarayonlarini rivojlantirish hamda ilg‘or tajribalarni o‘rganishga xizmat qildi.

  Hozirda B.Baxromov o‘zlashtirgan bilim va tajribalarini universitet jamoasi bilan baham ko‘rib, amaliyotga joriy etish ustida ish olib bormoqda.