×
Menu
Close Menu

​“Rahbar va sportchi yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

  “Yoshlar kuni” munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Rahbar va sportchi yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

  Uchrashuvda universitet rektori, professor Jasur Rizayev hamda universitet va viloyat miqyosida tashki etilaytgan musobaqalarda namuna ko‘rsatib kelayotgan talabalar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi.

  Uchrashuv davomida bugungi kunda yurtimizda sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlarning jismoniy faolligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilayotgan e’tibor alohida ta’kidlandi. Talaba-sportchilar o‘z yutuqlari, maqsadlari va kelgusidagi rejalari bilan o‘rtoqlashib, sport sohasini yanada rivojlantirish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdilar.

  Muloqot jarayonida universitetda sport tibbiyoti yo‘nalishida magistratura bosqichini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi. Ushbu taklif sport va tibbiyot integratsiyasini kuchaytirish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash hamda sportchilar salomatligini ilmiy asosda qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi qayd etildi.

  Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni har tomonlama rag‘batlantirish hamda universitetda sog‘lom va faol muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


SamDTU Matbuot xizmati