Samarqand Davlat tibbiyot universiteti 2026-yil 26-mart kuni 2025/2026-o‘quv yilda bitiruvchilar bandligini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Maxmarasul Umarov bilan universitet bitiruvchilari ishtirokida “Rahbar va yoshlar“ uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuv davomida viloyat sog‘liqni saqlash bo‘limi boshliqlari tomonidan muassasalardagi muhit, mavjud imkoniyat, yaratilgan sharoitlar bilan bitiruvchi yoshlarni tanishtirishdi.
Shuningdek, Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Maxmarasul Umarov bilan ochiq muloqot tashkil etilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.









SamDTU Matbuot xizmati