Joriy yilning 5-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteida viloyatimizdagi amaliyotchi akusher-ginekologlar hamda talabalar uchun Samarqand davlat tibbiyot universiteti DKTF Akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri, professor Larisa Rubenovna Agababyan tomonidan “Akusherlik agressiyasi tug‘ruqqa yordam ko‘rsatish sifati pasayishining sababi sifatida” mavzusida ma’ruza tashkil etildi.
Ma’ruza avvalida so‘zga chiqqan SamDTU rektori, professor Jasur Rizayev tashkil etilgan ma’ruza kursining ahamiyati haqida so‘z yuritib, professor Larisa Rubenovnaning ilmiy faoliyatiga bardavomlik tiladi.
Ma’ruza davomida akusherlik agressiyasi tushunchasi, agressiyaning asosiy sabablari, uning tug‘ruqqa yordam ko‘rsatish sifatiga ta’siri hamda xalqaro tajriba va ilmiy yondashuvlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Ma’ruza davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan qator savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.







SamDTU Matbuot xizmati