Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​“Davlat xizmatiga dastlabki qadam” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi

  Bugun Samarqand davlat tibbiyot universiteti bitiruvchi talabalari bilan “Yoshlar kuni”doirasida “Davlat xizmatiga dastlabki qadam” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

  Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boshqaruv samaradorligi agentligi boshlig‘i o‘rinbosari Foziljon Ahadov, SamDTU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori  Nargiza Yarmuhamedova hamda bir qator mas’ullar ishtirok etdi.

  Uchrashuv davomida http://vacancy.gov.uz portali hamda portaldan foydalanish, vakant lavozimni egallash bo‘yicha nomzodlarni saralash, tanlov tashkil etish tartibi va nizomi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

  Shuningdek, talabalar tomonidan yuzaga kelgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.

SamDTU Matbuot xizmati