×
Menu
Close Menu

Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Medical Startup Challenge” tanlovi o‘tkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida talabalarning ilmiy-innovatsion salohiyatini yanada rivojlantirish, ularning tadqiqot faoliyatini rag‘batlantirish hamda sog‘liqni saqlash tizimida amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan startap tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2025-yil 12-sentyabr kuni Clinical Innovation yo‘nalishi bo‘yicha “Medical Startup Challenge” tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.

  Mazkur tanlov doirasida talabalar tomonidan klinik amaliyotga joriy etish imkoniyatiga ega bo‘lgan innovatsion g‘oyalar, diagnostika va davolash jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy ishlanmalar hamda zamonaviy tibbiy texnologiyalarga asoslangan startap loyihalar taqdim etildi.

  Taqdim etilgan loyihalar soha mutaxassislari va yetakchi ekspertlardan iborat hay’at tomonidan quyidagi mezonlar asosida baholandi:

  • ilmiy yangilik darajasi;
  • amaliy samaradorligi;
  • innovatsion yondashuvi;
  • amaliyotga joriy etish imkoniyati.

  Baholash yakunlariga ko‘ra, eng istiqbolli va samarali deb topilgan ishlanmalar tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi. Shuningdek, loyihalarni amaliyotga joriy etish istiqbollari yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi.

  Ushbu tanlov talabalar o‘rtasida ilmiy-innovatsion muhitni yanada mustahkamlash, startap madaniyatini rivojlantirish hamda tibbiyot sohasida zamonaviy yechimlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.







SamDTU Matbuot xizmati