Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​“Laboratoriya diagnostikasiga yangi texnologiyalarni integratsiya qilish, sifat va aniqlik” mavzusidagi xalqaro anjuman o‘tkazildi

  Joriy yilning 10-dekabrda Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Laboratoriya diagnostikasiga yangi texnologiyalarni integratsiya qilish, sifat va aniqlik” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazildi. 

  YHLO kompaniyasi hamkorligida, SamDTU Klinik laboratoriya diagnostika  va  DKTF klinik laborator diagnostikasi kursi bilan kafedrasi bazasida o‘tkazilgan anjumanda  Xitoy, Latviya, Qozog‘iston va Rossiyadan kelgan xorijiy mutaxassislar ishtirok etdi.

  Tadbir davomida laboratoriya diagnostikasining zamonaviy yo‘nalishlari, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va tadqiqotlar sifatini oshirish, shuningdek, laboratoriya jarayonlarini optimallashtirish hamda zamonaviy analitik platformalardan foydalanish  masalalari muhokama qilindi.


SamDTU Matbuot xizmati