×
Menu
Close Menu

Qoʻshrabot tumanida aholi tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi

     Sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish, aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash hamda tibbiy profilaktik choralarni kuchaytirish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universiteti ishchi guruhi tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

     Jumladan joriy yilning 27-sentyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetining malakali tibbiyot mutaxassislari tomonidan Qo‘shrabot tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Jo‘sh” KTPM hududida bepul va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik oʻtkazildi.

     Koʻrik davomida SamDTU mutaxassislari tomonidan 400 ga yaqin aholi tekshiruvdan oʻtkazilib, erta bosqichdagi kasallik aniqlangan bemorlarga viloyat va respublika shifoxonalariga yoʻllanmalar berildi.

     Shuningdek, aholiga tibbiy madaniyat, shaxsiy gigiyena hamda sogʻlom turmush tarzi borasida kerakli tushuntirishlar berildi.

SamDTU Matbuot xizmati