×
Menu
Close Menu

​Kattaqo‘rg‘onda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi

  Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, aholining, ayniqsa yoshlarning tibbiy madaniyatini yanada oshirish, profilaktik ishlarni jadallashtirish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universiteti ishchi guruhi tomonidan viloyatdagi uzoq bo‘lgan hududlarda aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.

  Joriy yilning 13-sentyabr kuni Kattaqo‘rg‘on tumanining Qoradaryo oilaviy shifokorlik punktida aholi SamDTUning malakali tibbiy xodimlari tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilib, kerakli ko‘rsatmalar berildi. Mazkur tibbiy ko‘riklardan ko‘zlangan maqsad imkoniyati cheklangan aholi qatlamiga qulay tibbiy xizmatni taqdim qilish, doimiy tekshiruv va davolanishlarni yo‘lga qo‘yish orqali hayot sifatini yaxshilashdan iborat.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti professor-o‘qituvchilari va ishchi guruhi tomonidan viloyatning chekka hududlarida amalga oshirilayotgan ushbu keng ko‘lamli va tizimli vazifalar aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirishda muhim rol o‘ynaydi.


SamDTU Matbuot xizmati