Joriy yilning 30-avgust kuni Samarqand davlatr tibbiyot universitetida yangi o‘quv yilidagi birinchi universitet ilmiy kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishni ilmiy kengash raisi, SamDTU rektori Jasur Rizayev ochib berib, barchani mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi bilan tabrikladi.
Jasur Rizayev o‘z so‘zida mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan sog‘liqni saqlas tizimidagi ulkan ijobiy o‘zgarishlarga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, universitetda yangi 2025/2026 o‘quv yilini “Vatan uchun, xalq uchun,millat uchun!”shiori ostidagi mustaqillik darslari bilan boshlanishini alohida ta’kidladi.
Ilmiy kengash yig‘ilishi davomida universitetning bir qator dolzarb masalalari yuzasidan taqdimotlar, fikr va mulohazalar tinglanib, atroflicha hal etildi.
Yig‘ilishda universitet kuzatuv kengashi qaroriga asosan Daminov Feruz Asatullayevich SamDTU Jamoat salomatligi texnikumlari va akademik litsey bo‘yicha prorektori etib tayinlandi.
SamDTU Matbuot xizmati