Joriy yilning 31-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida universitetni turli yillarda tamomlagan bitiruvchilar bilan “Uch avlod uchrashuvi” doirasida bitiruvchilarning IV forumi bo‘lib o‘tdi. Bitiruvchilar Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurib, uning bugungi kundagi faoliyati, ta’lim tizimi hamda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
SamDTU bitiruvchilarining IV forumi doirasida tashkil etilgan uchrashuvning tantanali marosimida universitetni turli yillarda tamomlagan bitiruvchilar, faxriy professor-o‘qituvchilari va sog‘liqni saqlash sohasi vakillari shuningdek, hozirgi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida faoliyat yuritayotgan SamDTU bitiruvchilari ishtirok etdi. Ochilish marosimida so‘zga chiqqan Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev universitetning 95 yillik shonli tarixi, SamDTI ning tashkil etilishi, uning nafaqat Respublikamiz, balki, jahon sog‘liqni saqlash tizimiga ellik mingdan oshiq malakali kadrlar yetishtirib bergani haqida so‘z yuritib, bugungi kundagi faoliyati haqida ham ma’lumotlar berib o‘tdi.
Forum davomida turli yillardagi bitiruvchilarning chiqishlari tinglanib, universitetga atalgan ramziy esdalik sovg‘alari qabul qilindi. Shuningdek, bitiruvchilarga SamDTU bitiruvchilar uyushmasi tomonidan ko‘krak nishonlari taqdim etildi.
Bitiruvchilar forumi turli chiqishlar, raqs va kuy-qo‘shiqlar bilan bayramona tarzda davom etdi.
SamDTU Matbuot xizmati