Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda chekka hududlardagi aholi qatlamini sog‘lomlashtirish, tibbiy madaniyatni oshirish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universiteti ishchi guruhi tomonidan viloyatdagi uzoq bo‘lgan hududlarda aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan jory yilning 24-may kuni Urgut tumanida joylashgan MCHJ “SAM-FERRE” korxonasi xodimlari Samarqand davlat tibbiyot universitetining malakali oftalmolog, lor, jarroh, kardiolog, terapevt, akusher ginekolog va nevrolog mutaxassislari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Korxonadagi 200 ga yaqin xodimning salomatliklari tekshiruvdan o‘tkazilib, ular bilan suhbat tashkil etildi. Kasallik aniqlangan bemorlarga kerakli tavsiya va yo‘llanmalar taqdim etildi.


SamDTU Matbuot xizmati