Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Yuqumli va parazitar kasalliklarning dolzarb muammolariga qaratilgan anjuman o‘tkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi L.M.Isayev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-tadqiqot institutida xorijiy olimlar ishtirokida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

  Unda Xitoy Xalq Respublikasi, Amerika Qo‘shma Shtatidan bir guruh olimlar ishtirok etdi.

  Anjumanda butun dunyo bo‘yicha keng tarqalgan yuqumli va parazitar kasalliklar, ularga qarshi kurashish choralari hamda sohada erishilgan yutuqlar muhokama qilindi.

  Shuningdek, konferensiya ishtirokchilari L.M.Isayev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.



SamDTU Matbuot xizmati