O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 7-may kungi tibbiyot sohasidagi islohotlarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan ham ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, universitet xodimlaridan iborat maxsus ishchi guruh tashkil etilib, hududlarda aholi salomatligini yaxshilash, tibbiy xizmat sifatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar bajarilmoqda.
Joriy yilning 17-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti ishchi guruhi tomonidan Ishtixon tumaniga tashrif buyurilib, tuman shifokorlik punktlaridagi tibbiy xizmat darajasi ko‘zdan kechirildi. Tumandagi 62 mahallada yashovchi 281 970 nafar aholini xatlovdan o‘tkazish hamda xavf guruhlariga ajratishda amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
Shuningdek, aholi uylariga tashrif buyurilib ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi hamda kerakli tavsiya va maslahatlar berildi. Maktablarda o‘quvchilar bilan “Salomatlik darslari” tashkil etilib, sog‘lom turmush tarzi va tibbiy madaniyatni oshirish borasida zarur tushunchalar berildi.
SamDTU Matbuot xizmati