Joriy yilning 5-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari bilan profilaktik davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Podpolkovnik Utayev Umid Saidaliyevich, Samarqand viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi, Samarqand viloyati IIB Tergov boshqarmasi hamda Samarqand viloyati IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida Yoshlar orasida psixotrop vositalar va giyohvandlik vositalarining iste’moli tarqalishining salbiy oqibatlari hamda Yoshlar, xususan talaba yoshlar orasida oxirgi vaqtlarda ko‘p sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklar turlari va ularning huquqiy oqibatlari to‘g‘risida, yoshlar hayotiga va jamiyatga salbiy ta’sir qilayotgan kiberhujumlar va ulardan himoyalanish yo‘llari hamda yoshlar orasida virtual madaniyat shakllanishi to‘g‘risida ma’lumot va tushuntirishlar berildi.
Davra suhbati davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
SamDTU Matbuot xizmati