Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Maktablarda o‘quvchi-yoshlar tibbiy madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda

  Aholi salomatligini saqlash va yoshlar o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universiteti tashabbusi bilan tumanlar hamda shahardagi biriktirilgan maktablarda doimiy ravishda profilaktik, tadbirlar, tibbiy ko‘riklarda davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

  Jumladan, joriy yilning 13-mart kuni SamDTU bolalar stomatologiyasi kafedrasi xodimlari hamda stomatologiya fakultetining bir guruh faol talabalari tomonidan Samarqand shahridagi 57-maktabda o‘quvchi yoshlar bilan davra suhbati tashkil etildi.

  Uchrashuvda talabalarga tishlar salomatligi va og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi borasida kerakli ma’lumot va tavsiyalar berildi. O‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar qaytarildi. Tashrif doirasida o‘quvchilar uchun birlamchi tibiy ko‘riklar tashkil etilib, 50 ga yaqin o‘quvchilar ko‘rikdan o‘tkazilib, kasallik aniqlanganlariga kerakli maslahatlar berildi.

  Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchi yoshlarga sovg‘a-salomlar ulashilib, yuqori kayfiyat bag‘ishlandi.


SamDTU Matbuot xizmati