×
Menu
Close Menu

​SamDTU xodimlari tomonidan Urgut tumanida chuqurlashtirilgan tibbiy ko'riklar hamda jarrohlik amaliyotlari o'tkazildi

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi” PQ-407-sonli qarori asosida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda chekka hududlardagi aholi qatlamini sog‘lomlashtirish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universiteti ishchi guruhi tomonidan viloyatdagi uzoq bo‘lgan hududlarda aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.

  Joriy yilning 25-yanvarida Urgut tumanining Algar oilaviy shifokorlik punktida aholi SamDTUning malakali tibbiy xodimlari tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilib, kerakli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, SamDTU DKTF akusherlik va ginekologiya kafedrasi va DKTF Otorinolaringologiya kafedrasi xodimlari tomonidan murakkab turdagi jarrohlik amaliyotlari bajarilib, mahorat darslari tashkil etildi. Mazkur tibbiy ko‘riklardan ko‘zlangan maqsad imkoniyati cheklangan aholi qatlamiga qulay tibbiy xizmatni taqdim qilish, doimiy tekshiruv va davolanishlarni yo‘lga qo‘yish orqali hayot sifatini yaxshilashdan iborat.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti professor-o‘qituvchilari va ishchi guruhi tomonidan viloyatning chekka hududlarida amalga oshirilayotgan ushbu keng ko‘lamli va tizimli vazifalar aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirishda muhim rol o‘ynaydi.


SamDTU Matbuot xizmati