×
Menu
Close Menu

​SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasida braxiotsefal qon tomirlarida klassik karotid endarterektomiya operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti klinik bazasida o‘ng uyqu arteriyasida yuqori texnologiyali operatsiya - klassik karotid endarterektomiya muvaffaqiyatli amalga oshirildi. 

  O‘ng uyqu arteriyasining aterosklerotik stenozi tashxisi qo‘yilgan 69 yoshli bemor, kompleks tekshiruvdan o‘tkazilib, bosh miyaning qon bilan ta’minlanishini yaxshilash va insult xavfini oldini olish maqsadida klassik karotid endarterektomiya amaliyoti bajarildi. Jarrohlik amaliyoti zamonaviy jarrohlik texnikasi va jihozlaridan foydalangan holda bajarildi, bu esa yuqori darajadagi xavfsizlikni ta’minlab, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirishga imkon beradi.

  Ushbu amaliyot jarrohlik angionevrologiyasida zamonaviy texnologiyalarning muvaffaqiyatli qo‘llanilishiga namuna bo‘libgina qolmay, Samarqand davlat tibbiyot universitetining ta’lim va ilmiy dasturlari doirasida uyqu arteriyalari kasalliklarini davolash va oldini olishning yangi usullarini ishlab chiqishda muhim bosqich vazifasini o‘taydi.


SamDTU Matbuot xizmati