Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Och qora
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
Kulrang rejim
O‘qish yo‘riqchisi
O'qish niqobi
Katta kursor

​Samarqand davlat tibbiyot universitetida "Rektor va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi

  Joriy yilning 21-yanvar kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev universitetning bir guruh faol yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Kirish so‘zida J.A.Rizayev Prezidentimizning yoshlarga bildirayotgan ishonchi, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

  “Rektor va yoshlar” uchrashuvida o‘quv yili davomida faol bo‘lib kelayotgan va iqtidorli talabalar e’tirof etilib, ularning kelgusi o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tilandi. 

  Uchrashuv samimiy, ochiq suhbat shaklida o‘tkazildi va barcha tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita universitet rektoridan javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


SamDTU Matbuot xizmati